30.03.2021 Joriy yilning 30-mart kuni “Milliy matbuot markazi”da “Mikrokreditbank” АTB tomonidan qishloq xoʼjaligi tarmoqlarini rivojlantirish va moliyaviy qoʼllab-quvatlash boʼyicha amalga oshirilgan ishlar” toʼgʼrisida matbuot anjumani oʼtkazildi. Ushbu tadbirni “Mikrokreditbank” АTB Boshqaruv Raisi oʼrinbosari Rustam Sulaymonov ochib, bank tomonidan qishloq xoʼjaligi sohasini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi. Taʼkidlandiki, bank tomonidan 2021-yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 1,1 trln. soʼm miqdorida kreditlar ajratilib, 15 mingdan ortiq aholi bandligi va qoʼshimcha daromad manbalari yaratilishi taʼminlandi. 2021-yil davomida qishloq xoʼjaligi yoʼnalishlari boʼyicha jami 9104 ta loyihaga 356,0 mlrd. soʼm miqdorida mablagʼlar yoʼnaltirildi. Shundan: • Chorvachilik yoʼnalishiga 130,0 mlrd soʼm (5 353 bosh yirik, 20 ming mayda) • Issiqxona 73,0 mlrd. soʼm (128,4 gektar issiqxona) • Parrandachilikka 40,2 mlrd. soʼm (1 149 ming bosh parranda) • Quyonchilikka 62,0 mlrd.soʼm (221 ming bosh quyon) • Boshqa qishloq xoʼjaligi yoʼnalishlarga 50,8 mlrd. soʼm miqdorida kredit mablagʼlari ajratildi. Shundan, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” ijtimoiy dasturlari doirasida jami 456,1 mlrd. soʼm kredit mablagʼlari ajratilgan boʼlsa, shundan 48 foizi yoki 219,9 mlrd. soʼmlik qishloq xoʼjaligi sohasidagi loyihalarga yoʼnaltirildi va 18 100 ta aholi bandligi taʼminlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-noyabrdagi PQ-4538-sonli qaroriga muvofiq Osiyo taraqqiyot bankining “Oʼzbekistonda chorvachilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida 25,0 mln. АQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi boʼyicha 20,0 mln. АQSh dollari miqdoridagi kredit liniya mablagʼlari chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etildi. Mazkur mablagʼlar hisobidan 2021-yilning oʼtgan davri mobaynida 9 ta loyihaga 28,6 mlrd. soʼmlik kredit mablagʼlari ajratildi. (2020-yilda 65 ta loyihaga jami 184,8 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratilgan boʼlib, shundan 5 202 ta yirik shohli qora mol va 3 618 ta mayda shohli chorva mollari keltirilgan.) Respublikada sanoat usulida quyon yetishtirishni tashkil qilish va aholi xonadonlarida quyon boqishni yoʼlga quyish borasida bank tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Аmalga oshirilgan ishlar natijasida Respublika boʼyicha barcha toifada parvarishlanayotgan quyonlar bosh soni 2021 yil boshiga 1 746 mingtani tashkil etgan boʼlsa, bugungi kunga kelib 1 894 ming boshga yetkazildi. Shuningdek, joriy yilda quyonchilik yoʼnalishida umumiy qiymati 317,4 mlrd.soʼmlik 56 ta loyiha shakillantirildi va shundan 199 mlrd.soʼmi bank krediti tashkil etadi. Misol uchun: Toshkent viloyatida “Quyonchilik va Nasilchilik Аgro kompleks” MChJning 50 ming bosh ona quyon boqishga moʼljallangan umumiy qiymati 19 mln. yevro boʼlgan loyihani amalga oshirish uchun dastlab 3,2 mln. yevro (jami 11 mln. yevro) kredit ajratildi. Loyiha joriy yil 4-choragida toʼliq ishga tushirilib, yillik 3 ming tonna goʼsht yetkazish quvvati yaratiladi va 200 yaqin aholi bandligi taʼminlanadi. Matbuot anjumani davomida “Mikrokreditbank” АTB masʼul xodimlari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berishdi. Bank axborot xizmati
MKBank
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
Visa versiyasi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi bank-ekvayeri, 100 mingdan ortiq ochilgan virtual kartalar va Octobankning 2024-yildagi boshqa yutuqlari
Qishloq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi