JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 72 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

“Qishloqqurilishbank”dan - masofaviy bank xizmatlari

08.02.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan, real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bu esa tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlarning sifat tarkibini yaxshilash va yangi zamonaviy xizmatlarni joriy etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Bugungi kunda ATB “Qishloqqurilishbank” tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar bank hisob varaqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari “Internet banking”, “Mobil banking” va “SMS-banking” xizmatlaridan iborat.

Слайд1.JPG

Masofaviy bank xizmatlari ulardan foydalanadigan mijozlarning huquqiy maqomiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan masofaviy bank xizmatlariga tavsiflanishi mumkin. Hozirda yuridik shaxslarga “Korporativ internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi zamonaviy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Слайд2.JPG

“Korporativ internet banking” xizmatidan foydalangan holda, mijozlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin:

- bank muassasasiga kelmagan holda, to‘lovlarni masofadan, uydan yoki ofisdan bajarish;

- mijozga zarur bo‘lgan kunlik, oylik va yillik hisobotlarni qulay shaklda (htms, xls) chiqarish hamda chop etish;

- ko‘p foydalaniladigan ma’lumotlar -sana, valyutalar kursi va bank amaliyot kuni va tizimi ma’lumotlarini onlayn kuzatib borish;

- to‘lov topshiriqnomalarining saqlangan tayyor shablonlaridan foydalanib, to‘lovlarni tezkor ravishda bajarish.

“Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanish uchun mijozlar bank bilan shartnoma rasmiylashtirgandan so‘ng, o‘z shaxsiy kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatib olish va “i-key” xavfsizlik kalitlariga ega bo‘lishi kifoya. Bankning amaldagi tariflariga muvofiq, “Korporativ internet banking” xizmatiga ulanish hamda “i-key” xavfsizlik kalitlarini taqdim etish – bepul.

Yana bir yangilik – bank tizimida“Korporativ internet-banking” xizmati uchun oylik abonen tto‘lovlari 10 foizga pasaytirildi va 2018 yil 12 fevraldan eng kam ish haqining 20 foizini tashkil etadi.

Слайд3.JPG

Ayni vaqtda ATB “Qishloqqurilishbank”ning “Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanuvchi mijozlar soni 2 998 nafarni tashkil etmoqda.

“Internet banking”, “Mobil banking” va “SMS-banking” kabi xizmatlarni ko‘rsatish orqali mijozlar uchun o‘z vaqtlarini tejash va mablag‘larni tezkor tasarruf etishda qulayliklar yaratilayotgan bo‘lsa, banklar uchun mijozlar sonini ko‘paytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va mehnat resurslarini tejash imkoniyati yaratilmoqda.

Слайд4.JPG

Zamonaviy va qulay xizmatlardan foydalaning!

“Qishloqqurilishbank” –farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-72-55, www.qqb.uz

Banka xborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan


BRB
O'xshash yangiliklar
«Pulni uyda saqlashdan ko‘ra bankda saqlash xavfsizroq va foydaliroq - hatto 200 million so‘mdan ortiq bo‘lsa ham»

18.03.2025

«Pulni uyda saqlashdan ko‘ra bankda saqlash xavfsizroq va foydaliroq - hatto 200 million so‘mdan ortiq bo‘lsa ham»

Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi

13.03.2025

Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi

Kapitalbank 2024-yil uchun moliyaviy hisobotni e'lon qildi.

12.03.2025

Kapitalbank 2024-yil uchun moliyaviy hisobotni e'lon qildi.



Orphus tizimi