Aksiyadorlik tijorat “Qishloqqurilishbank” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi Qaroriga asosan OATB “G‘allabank” negizida tashkil etilgan. Qarorga ko‘ra, uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish, qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish, universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish mazkur bankning asosiy vazifalari etib belgilangan.
Bugungi kunda bank tizimida 42 ta filial, 40 ta minibank va 231 ta shaxobchalar orqali 837 mingdan ortiq mijozlarga keng ko‘lamli bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. 2018 yilning 1 yanvar holatiga, bankning sof aktivlari 6 647,1 mlrd. so‘mni, bank umumiy kapitali 1168,3 mlrd. so‘mni, kredit portfeli esa 5 736,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Bank Kengashi qaroriga muvofiq, ATB “Qishloqqurilishbank”ning yangi xizmat ko‘rsatish belgisi (logotip) tasdiqlandi. Bankning xizmat ko‘rsatish belgisida uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va missiyasi o‘z aksini topgan. Xususan, pul birligini yodga soladigan beshta gorizontal chiziqlar bank tomonidan qishloq rivoji uchun kiritilayotgan sarmoyalarni anglatadi.

Bankning yangi xizmat ko‘rsatish belgisi ATB “Qishloqqurilishbank”ning zamonaviy va qulay xizmatlar ko‘lamini kengaytirish orqali O‘zbekiston bank-moliya tarmog‘ida mustahkam o‘rin egallab, tobora moliyaviy yuksalib borayotganini ifodalaydi.
Bank axborot xizmati
11.03.2026
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
“Qishloqqurilishbank” yangi xizmat ko‘rsatish belgisiga ega bo‘ldi