Qo‘shimcha mablag‘ kerakmi? Marhamat – jismoniy shaxslarga mikroqarz!

22.05.2018

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” zamonaviy va qulay xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida 2018 yil 1 iyundan jismoniy shaxslarga mikroqarz berishni joriy etmoqda.

Mikroqarz qaytarishlik, to‘lovlilik va muddatlilik shartlari asosida quyidagi talablarga javob beruvchi jismoniy shaxsga milliy valyutada beriladi:

-         mikroqarz olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga;

-         mikroqarz bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan doimiy o‘rtacha oylik daromadga (ish haqi, pensiya va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa doimiy daromadlarga) ega bo‘lgan shaxslarga;

-         kredit tashkilotlaridan kredit (mikroqarz, overdraft)lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzi hamda salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmagan shaxslarga.

Mikroqarz shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlari yuzasidan solidar tartibda javob beruvchi doimiy o‘rtacha oylik daromadga ega bo‘lgan uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi(lar) bo‘lib qatnashadi.

Mikroqarz naqd yoki qarz oluvchining nomiga ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berish orqali 12 oy muddatga eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmaydigan miqdorda ajratiladi. Mikroqarz qayta tiklanadigan shaklda ham ajratilib, mikroqarz muddati davomida mikroqarzdan qayta foydalanish imkonini beradi.

Yana bir qulayligi shundaki, mijozlar uchun “QQB-mobile” mobil ilovasini yuklab olish orqali kredit karzdorliklarini kredit ID kodi orqali masofadan to‘lash imkoniyati yaratiladi.

“QQB-mobile” ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:

apple.co/2HuJTVP (iOS)

bit.ly/2Cnm52x (Android)

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-93-39, 150-76-42

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Mikroqarz kalkulyatori (12.3 kb xlsx)

 

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi