“Qomus” omonat turi joriy qilindi
Aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank” O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2009 yil 6 aprelda qabul qilingan “Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, bank omonatlari tarkibidagi muddatli va jamg‘armali omonatlar salmog‘ini oshirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan milliy valyutada yangi – “Qomus” nomli muddatli omonatini joriy etdi.
Mazkur omonatga mablag‘lar milliy valyutada 1 oy muddatga qabul qilinadi. Omonatga hisoblangan foizlar omonat muddati tugagandan so‘ng to‘lab beriladi.
Sizning omonatlaringiz Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlanadi.
Sizning omonatingiz:
- soliq va majburiy to‘lovlardan ozod!
- egalik va tasarruf huquqi o‘z ixtiyoringizda!
- miqdori cheklanmagan!
“Qishloq qurilish bank” - farovon hayotingiz xizmatida!
Murojaat uchun: (+99871) 150-72-58, 150-39-93, www.qqb.uz
Bank Axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“Qomus” omonat turi joriy qilindi