“Asaka” banki Bosh ofis, filiallarning xuquqshunoslari va kredit bo‘limi xodimlari uchun “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta'minlash bo‘yicha nazariy va amaliy seminar o‘tkazildi. Unda 2020 yil 14 yanvardagi O‘RQ-606-sonli Qonun mazmun-mohiyati mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, tahlil qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Garov reestri, undan foydalanish qulayliklari va afzalliklari ham muhokama qilinib, undan foydalanish bo‘yicha amaliy va texnik ko‘rsatmalar berildi.
Seminarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi hamda Davlat notariusi mutaxassislari ham taklif etildi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Qonunlar ijrosi amalda