2025-yil boshidan bu yo‘nalishdagi o‘tkazmalar hajmi barqaror oshmoqda, bu esa xizmatga bo‘lgan yuqori qiziqishni ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Milliy banki va Qozog‘istondagi Bank CenterCredit hamkorligida mijozlarga
bcc.kz ilovasi orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga oddiy va tezkor pul o‘tkazmalari xizmati taklif etilmoqda.
30-sentabr 2025-yilgacha pul o‘tkazmalari — 0% komissiya bilan
Qozog‘istondan O‘zbekistonga Bank CenterCredit’ning bcc.kz mobil ilovasi orqali amalga oshirilayotgan o‘tkazmalar 2025-yil 30-sentabrgacha komissiyasiz amalga oshiriladi.
bcc.kz ilovasiorqali pul o‘tkazmalari afzalliklari:
• Faqat telefon raqami yoki karta raqami kerak — boshqa rekvizitlar shart emas;
• So‘mlarda tushadi — Humo va UzCard kartalariga, joriy kurs bo‘yicha;
• Pul bir zumda yetib boradi.
Qanday yuboriladi:
1. Bank CenterCredit’ning bcc.kz mobil ilovasini yuklab oling (App Store yoki Google Play’da mavjud);
2. Ilovaga kirib, avtorizatsiyadan o‘ting;
3. “O‘tkazmalar” → “Xalqaro o‘tkazmalar” → “O‘zbekistonga o‘tkazmalar” bo‘limiga o‘ting;
4. Telefon raqami yoki karta orqali yuborishni tanlang;
5. Qabul qiluvchining telefon raqami va banki yoki karta raqamini kiriting.
Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazish endi yanada oson va foydali — komissiyasiz, so‘mlarda va bir zumda!
O‘zbekiston Milliy banki mijozlar uchun zamonaviy va ishonchli moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan imkoniyatlarni kengaytirishda davom etmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
05.11.2025
Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs
17.10.2025
Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
13.10.2025
Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi
Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari — faqat NBU’da 0% komissiya bilan