JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

QQB Mobile bilan to‘lovlar endi yanada qulay va xavfsiz

26.11.2020

ATB “Qishloq qurilish bank” mijozlarga qulaylik yaratishda davom etadi. Bankning “HUMO” kartalaridan foydalanuvchilar uchun kutilgan qulaylik yaratildi. Endilikda mijozlar bank mobil ilovasi – “QQB Mobile” orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. NFC texnologyasi asosida joriy qilingan ushbu yangilik qator qulayliklarga ega. Xususan, uni “HUMO” kartalari uchun mo‘ljallangan kontaktsiz to‘lov terminallari mavjud bo‘lgan har qanday savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida qo‘llash mumkin.

To‘lovni amalga oshirish uchun esa, ilovani faollashtirish va terminalga tekkizishning o‘zi kifoya. Endlikda karta raqami yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarni kiritish shart emasligi avtorizatsiyaning yanada ishonchli va xavfsizligini ta’minlaydi.

Bu ham hammasi emas. Zero barmoq izlari orqali to‘lovni tasdiqlash va qoldiq mablag‘ni muntazam nazorat qilish mumkin. Buning uchun bank kartasini doimiy ravishda olib yurishga umuman xojat yo‘q. Ushbu to‘lovlarni mobil ilova vidjeti orqali offline holatida ham amalga oshirish imkoniyati uning internet yo‘q joyda xatto metroda ham foydalanish imkoniyatini berishi tom ma’nodagi ustunligidir.

Shuningdek, “HUMO” hamyonini yaratish va “VISA” kartalari orasida kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazish (QQB tizimi doirasida) imkoniyati mavjud. Endilikda to‘liq valyuta ayriboshlash, ya’ni “VISA” kartadagi valyutani so‘mga “UZCARD”, “HUMO”, “UNIONPAY”, “MIR” va so‘m kartalaridagi mablag‘ni xorijiy valyutaga aylantirish mumkin. Ishlatilgan mablag‘lar bo‘yicha “VISA” kartada amalga oshirilgan operatsiyalar tarixini kuzatish, “VISA” kartaga band qo‘yish hamda karta balansini onlayn ko‘rish ham oldi-sotdi va to‘lov bilan bog‘liq yumushlarni ancha yengillashtiradi. Yengilliklar esa, cheksiz. Masalan, dunyoning istalgan joyidan (Contact, MoneyGram, RIAMoneyTransfer, Western Union, Azia ekspres, Zolotaya korona) xalqaro pul o‘tkazmalaridan kelgan mablag‘ni istalgan valyutada istalgan kartochkaga tushirib olish vaqt qadriga yetuvchilar uchun rosmana syurprizdir.

Umuman, yangidan takomillashtirilgan mobil ilova yanada tezroq va qulayroq xizmat kursatadi. Ushbu qulayliklar bois, mijoz o‘z mablag‘larini boshqarishdan shunchaki rohatlanadi. Vaqt tejalishi esa, naqd tejalishiga tengligi sir emas.

Xulosaga shoshilmang, agar turli sabablarga ko‘ra smartfon boshqalar qo‘liga tushib qolsa ham, mablag‘ni o‘zlashtirish amalda imkonsiz. Mukammal xavfsizlik tizimi bunga yo‘l qo‘ymaydigan qilib ishlangan.

BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

Biznesingiz uchun ishonchli moliyaviy yordam qidiryapsizmi?

12.12.2024

Biznesingiz uchun ishonchli moliyaviy yordam qidiryapsizmi?

Davr Bankda ishlashni xohlaysizmi? Biz buni yengillashtirdik!

12.12.2024

Davr Bankda ishlashni xohlaysizmi? Biz buni yengillashtirdik!



Orphus tizimi