“QQB-mobile”dan - zamonaviy va qulay xizmatlar!

03.05.2018

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” tomonidan  aholiga va o‘z mijozlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan “QQB-mobile” mobil ilovasi tobora ommalashib bormoqda.

Shu kungacha mazkur ilovadan Android platformasi asosida ishlaydigan uyali telefonlarga ega mijozlargina foydalanayotgan edilar. Endilikda “QQB-mobile” mobil ilovasining iPhone qurilmalari  uchun  mo‘ljallangan dasturi ham ishga tushirildi.  

Bugungi kunda ushbu zamonaviy dasturdan foydalanib mijozlar  uyali aloqa operatorlari, shahar telefoni,  internet provayderlar, raqamli televideniya xizmatlari, iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni hamda kommunal to‘lovlarni (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, ichimlik suvi, maxsustrans va h.k.) amalga oshirib kelmoqdalar. Shuningdek, mobil ilova orqali hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish, Online Smart Vista  plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish, Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini amalga oshirish mumkin.

Bundan tashqari MUNIS to‘lov tizimi orqali dastur yordamida ATB “Qishloq qurilish bank” plastik kartasidan mablag‘larni boshqa bank plastik kartasiga o‘tkazish mumkin.

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab “Qishloq qurilish bank”ning so‘m plastik kartochkalariga ega mijozlari “QQB-mobile” mobil ilovasidan foydalanib o‘zlarining VISA xalqaro to‘lov kartochkalariga chet el valyutasini onlayn rejimida konversiya qilish xizmatidan foydalanib kelmoqdalar. Buning uchun mobil ilovasini yuklagan holda plastik kartochkani ro‘yxatdan o‘tkazish lozim bo‘ladi.

Bugina emas. “QQB-mobile” mobil ilovasi yanada takomillashtirilmoqda. Tez orada mazkur mobil dastur orqali respublikaning barcha tijorat banklarining so‘m plastik kartochkalarini ro‘yxatdan o‘tkazgan holda to‘lovlarni amalga oshirish, turli masofaviy xizmatlardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Eng  muhimi  shundaki, bank tomonidan joriy etilayotgan bu kabi yangiliklarning barchasi  aholiga va mijozlarga yanada qulaylik yaratishni, zamonaviy bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni ko‘zlaydi.  

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

 “QQB-mobile” ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:

apple.co/2HuJTVP (iOS)

bit.ly/2Cnm52x (Android)

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-76-47, www.qqb.uz

Videoga havola:

https://www.youtube.com/watch?v=j7_h9gaZMls&feature=youtu.be

    

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi