JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

“QQB-MOBILE” - endi yanada qulay!

26.12.2017


“Qishloq qurilish bank” tomonidan Android platformasi asosida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun joriy etilgan “QQB-mobile” mobil ilovasi tobora ommalashib bormoqda.

Bugungi kunda ushbu zamonaviy dasturdan foydalanib mijozlar uyali aloqa operatorlari, shahar telefoni,  internet provayderlar, raqamli televidenie xizmatlari, iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni hamda kommunal to‘lovlarni (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, ichimlik suvi, maxsustrans va h.k.) amalga oshirib kelmoqdalar. Shuningdek, mobil ilova orqali hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish, Online Smart Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini amalga oshirish mumkin.

1.jpg

Shu kunlarda mazkur dastur foydalanuvchilari yana bir imkoniyatga ega bo‘lishdi. Endilikda MUNIS to‘lov tizimi orqali “QQB-mobile” ilovasi yordamida ATB “Qishloq qurilish bank” plastik kartasidan mablag‘larni boshqa bank plastik kartasiga o‘tkazishlari mumkin bo‘ldi.

Bundan tashqari ilovadan foydalanish yanada qulay bo‘lishi uchun birmuncha soddalashtirildi.

2.jpg

Dasturdan foydalanish uchun PlayMarket ilovalaridan “QQB-mobile” ilovasi yuklab olinadi (PlayMarket ga ccilka: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.fido_biznes.mobile.client.qqb )

Yana bir yangilik - “Qishloq qurilish bank” bankomatlarida endilikda bir vaqtning o‘zida ham naqd pul mablag‘larini echish, ham plastik kartochkalar bilan amallar bajarish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

3.jpg

Eng muhimi shundaki, bank tomonidan joriy etilayotgan bu kabi yangiliklarning barchasi aholiga va mijozlarga yanada qulaylik yaratishni, zamonaviy bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni ko‘zlaydi.

(youtube video: https://www.youtube.com/watch?v=tcZFKzr8OvU&feature=youtu.be )


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-76-47, www.qqb.uz

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

BRB
O'xshash yangiliklar
Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

13.10.2025

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi



Orphus tizimi