Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” tomonidan jismoniy shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan Android va iOS platformasi asosida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun zamonaviy dastur bo‘lgan “QQB Mobile” ilovasi ishga tushirilgan edi. Ushbu dastur yordamida mijozlar o‘zlarining mobil qurilmalari orqali turli to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Mazkur dastur foydalanuvchilari yana bir imkoniyatga ega bo‘lishdi. Endilikda “QQB Mobile” ilovasi orqali Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi jarima to‘lovlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ldi.
Jismoniy shaxslar masofadan xizmat ko‘rsatish tizimidan quyidagi usulda foydalanishlari mumkin: “QQB Mobile” dasturiga ulanib ishlash uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Android tizimida ishlovchi uyali aloqa telefonlari orqali PlayMarket ilovalaridan “QQB Mobile” ilovasi yuklab olinadi.
Ma’lumot uchun, “QQB Mobile” tizimi yana quyidagi imkoniyatlarga ega:
- Uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- Internet provayderlar va raqamli televidenie xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- Kommunal to‘lovlarini (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, ichimlik suvi, maxsustrans va h.k.) amalga oshirish;
- Iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- Hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;
- Onlayn Smart-Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish;
- ATB “Qishloq qurilish bank” tizimi ichida mablag‘larni bir plastik kartadan boshqa kartaga o‘tkazish;
- Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini amalga oshirish.
Mablag‘larni ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida o‘tkazish bepul.
Shuningdek, Munis to‘lov tizimi orqali turli xil xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar foydasiga to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
Bank axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“QQB Mobile” ilovasi orqali YHXBB jarima to‘lovlarini to‘lash mumkin