JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

QR-online: Quruq qo‘l bilan borsangiz ham, quruq qaytarishmaydi

18.05.2021

XXI asrda har qanday masalaning innovasion yechimini topishga intilyapmiz. Maqsad — insonlar hayotini yanada yengillashtirish. Qulayliklar esa bugun har jabhada kerak. Raqobat ham shu mezonga ko‘ra belgilanyapti.

Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra, Markaziy bank va tijorat banklari zimmasiga QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning standartlashtirilgan va universal tizimini joriy etish vazifasi yuklatilishi ayni shu zarurat mahsuli.

Xalq banki innovasion va moslashuvchan moliya muassasasi sifatida 2020 yilda “QR-online” tizimini amaliyotga joriy etdi. Hozir bankning barcha mijozlari mazkur tizimdan samarali foydalanish imkoniyatiga ega.

Xo‘sh, “QR-online” tizimi qanday afzalliklarga ega?

Masalan, bir mijozning bankda hisob raqami bor va undagi mablag‘laridan savdo do‘konining QR-kodini telefoni orqali skaner qilgan holda to‘lovni amalga oshirish mumkin. Bu plastik kartochkangiz yoningizda bo‘lmasa-da, to‘lov qilishingiz imkoniyati bor, deganidir.

Bu tizim tadbirkorlar uchun ham qulay. Qanday, deysizmi? Misol uchun, savdo do‘koniga ega tadbirkorning hisob raqami Xalq bankida, uning xaridorlari QR-kod orqali amalga oshirgan to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorning hisob raqamiga kelib tushadi.

Bugungi kunda Xalq bankining 10176 ta yuridik mijozi “QR-online” tizimidan samarali foydalanib kelmoqda.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

01.02.2026

So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?



Orphus tizimi