Qulay shartlardagi ipoteka – oila kelajagi uchun puxta oʼylangan sarmoyadir

28.04.2021
28.04.2021     Mamlakatimizda aholini uy-joy bilan taʼminlash masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilayotgani, bu boʼyicha samarali saʼy-harakatlar olib borilayotgani koʼplab insonlarning turmush tarzi yaxshilanishiga, shart-sharoitlari yaxshi xonadonlarda istiqomat qilishlariga zamin yaratmoqda. Barchamizga maʼlumki, uy-joy sotib olish uchun pul yigʼish uzoq yillarni talab qiladi, ehtiyoj esa zaruriy, shunday ekan ipoteka kreditlarining ahamiyati tobora dolzarb masala boʼlayotgani bejiz emas.   Prezidentimizning 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni asosida bugunga qadar bank tomonidan 142 mlrd. soʼmdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi va natijada 689 dan ortiq oila yangi xonadonga ega boʼldi.       Fargʼona viloyati misolida 8 mlrd. soʼmdan ortiq ipoteka kreditlari ajratilgan boʼlib, 56 ta oila xonadonlarga ega boʼlgan.       Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan aholining uy-joyga boʼlgan ehtiyojidan kelib chiqib, 2021-yilning 11-mart kuni qabul qilingan “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni ipoteka kreditlari ajratishda muhim dasturilamal boʼlib xizmat qilmoqda.      Bank tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari qulay shartlarda boʼlib, unga koʼra fuqarolar oʼzlari istagan hududdan ipoteka olishi mumkin. Bundan tashqari, birlamchi bozordan 20 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan boshlang`ich badal barcha hududlarga bir xil 15 foiz shakllantirgan holda ipoteka krediti ajratilmoqda.        Аyni paytda barcha hududlarda daromadi yuqori boʼlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʼlganlarga ipoteka krediti boʼyicha dastlabki badalning bir qismini va dastlabki besh yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan subsidiyalar ajratilmoqda.   Bank Axborot xizmati  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi