Qulay va foydali kredit!

12.01.2018

AT “Aloqabank” “UzDigital TV” MChJ bilan hamkorlikda aholiga, shu jumladan aholining kam ta’minlangan qatlamlari va pensionerlarga raqamli teleeshittirishlarni qabul qiluvchi televizorlar, tyunerlar va boshqa raqamli teleeshittirishlarni qabul qiluvchi qurilmalarni xarid qilish maqsadida iste’mol kreditlari taklif qiladi.

Kredit shartlari:

Kredit boshlang’ich to’lovsiz;

Kredit muddati – 3 oydan 12 oygacha;

Kredit foizi – yillik 18%;

Kredit miqdori – Eng kam ish haqining 40 barobarigacha.

AT “Aloqabank” bo’linmalarida kredit rasmiylashtirish uchun kerak boladigan hujjatlar ro’yxati:

  • Ariza;
  • Pasport nusxasi;
  • Yashash joyidan ma’lumotnoma (oila tarkibi ko’rsatilgan holda);
  • Ohirgi 12 oylik daromadlar to’g’risida ma’lumotnoma (lavozimi ko’rsatilgan holda)
  • STIR (INN), mehnat daftarchasidan nusxa;
  • Abonent uskunasi (raqamli efir qabul qiluvchi uskuna)ni xarid qilish uchun oldi-sotdi shartnomasi;
  • Ta’minot hujjatlari.

Ta’minot hujjatlari:

  • Mulk garovi;
  • Kafillik;
  • Sug’urta polisi;
  • Omonat garovi.
Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi