2024-yilda pulni nimaga tiksa bo'ladi? Batafsil

"Asaka" bank moliyaviy ko'magida tashkil etilgan "CRAFERS" qo'shma korxonasi maxsulotlariga AQSh qiziqish bildirmoqda

13.07.2020

«Asaka» bank moliyaviy ko'magida tashkil etilgan “CRAFERS” qo'shma korxonasi qisqa fursat ichida nafaqat mahalliy bozorda balki, dunyo bozorida ham o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda.

Bugungi kunda bu yerda 150 turdan ziyod qandolat mahsulotlari tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarishda eng zamonaviy uskunalardan foydalanish bilan birga eng sifatli xom-ashyo mahsulotlari ishlatiladi. Halol sertifikatiga ega korxonaning rejalari katta bo'lib, AQSh bozoriga ham shirinliklar eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Dunyo bozorining o'z tamoyillari va talablari bor – deydi “CRAFERS” mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Azizxon Amilov. – Biz bu standartlarni bajarish, mahsulotlarimiz xaridorgir va sifatli bo'lishi uchun bor imkoniyatimizni ishga solyapmiz. Dunyoning etakchi brendlari ishlatadigan xom-ashyolarni import qilamiz. Maqsadimiz eng nozik ta'b xaridorning ham mehrini qozonishdir. Hozirda Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Rossiya, Armaniston, Janubiy Koreya, Boltiqbo'yi davlatlarida xaridorlarimiz bor. Kelgusida ham assortimentlarimizni oshirish, xalqimizga doimiy sifatli qandolat mahsulotlarini etkazib berish, eksportning yillik hajmini 3,5 - 4 million dollarga oshirishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz.

Ta'kidlash joiz, «Asaka» bank tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida yurtimizda qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun “CRAFERS” MChJga 43,3 million AQSh dollaridan ziyod kredit mablag'lari ajratilgan. Bundan tashqari, bank hozirgi pandemiya sharoitida korxonalar rentabelligini saqlab qolish maqsadida joriy yilning aprel oyidan sentyabr oyiga qadar qo'shma korxonaga deyarli 8 million dollarlik kredit to'lovlari uchun imtiyozlar berdi. Germaniya asbob-uskunalaridan foydalanuvchi korxonada bugungi kunda 800 dan ziyod odam ish bilan ta'minlangan va ularning asosiy qismi yoshlardir. Raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, “CRAFERS” MChJ tomonidan to'lanadigan yillik daromad solig'ining hajmi 38 milliard so'mni tashkil etadi. Korxonaning 12 ta liniyasi bo'lib, oyiga 2 ming 400 tonnaga yaqin mahsulot chiqarish mumkin. Yillik ishlab chiqarish hajmi esa 47 ming 500 tonna.

«Asaka» bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi

Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi
Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

01.04.2024

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

Uzsanoatqurulishbank



Orphus tizimi