"Asaka" bankda Markaziy bank topshiriqlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar tog'risidagi ma'lumot

30.03.2020

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qo‘mitasi majlisining 2020 yil 16 martdagi 205/2-sonli va 2020 yil 20 martdagi 207/1-sonli bayonlarida Bank Boshqaruviga koronavirus infeksiyasining tarqalishi natijasida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan korxonalar, shu jumladan turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infeksiyasi ko‘p tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda O‘zbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga ta’sir ko‘rsatayotgan korxonalar hamda qarzdor-jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lovlariga 2020 yil 1 oktyabrgacha imtiyozli davr berish, shuningdek yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnomalariga o‘zgartirish kiritish tavsiya qilingan.
Koronavirus pandemiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan risklar ta’sirini yumshatish, Farmon va Markaziy bank topshiriqlarini ortiqcha rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiyaga yo‘l qo‘ymasdan qisqa muddatda bajarish maqsadida:
- Bank mijozlarning kredit va foiz to‘lovlari grafigiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Bank Kredit qo‘mitasi qarori qabul qilindi.
- Kredit muddatlarini o‘zgartirish faqatgina mijozning asoslantirilgan murojaati asosida, hech qanday qo‘shimcha talab va to‘lovlarsiz amalga oshirilmoqda.
- Jismoniy shaxs kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan foizlarga penya hisoblash bekor qilindi.

Dastlabki o‘rganishlar davomida joriy yilning 30 mart holatiga Bosh bank va bank filiallarida xizmat ko‘rsatilayotgan 679 ta mijozdan to‘lov grafiklariga o‘zgartirish kiritish yuzasidan takliflar kelib tushdi. Shundan:
- 591 ta mijoz bo‘yicha imtiyozli davr belgilandi;
- 10 ta mijozning kreditlari Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslar hisobidan moliyalashtirilganligi sababli, ular bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Kelajakda rejalashtirilgan ishlar:
- mijozlarning murojaatlari asosida kredit bo‘yicha imtiyozli davr belgilash filial tomonidan mustaqil belgilash.

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi

Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi
Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

01.04.2024

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

Uzsanoatqurulishbank



Orphus tizimi