♦️ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki savdoni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik dasturi doirasida "Asaka" bankni O‘zbekistondagi eng faol emitent bank sifatida e'tirof etdi.
♦️ EBRD TFP Award uchta qit'adagi qalin hamkorlari faoliyatini baholadi. 2019 yil yakunlariga ko‘ra, "Asaka" bank mamlakatimizdagi eng faol emitent bank sifatida tan olindi.
♦️ "Asaka" banki ETTB savdoni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik dasturiga 2019 yilning sentabr oyida qo‘shilgandi. Oradan qisqa vaqt o‘tganiga qaramay "Asaka" bank ETTB moliyalashtirishi ishtirokidagi savdo shartnomalarini tadbiq etishda o‘zining to‘la salohiyatini ko‘rsata oldi. Bu esa o‘z navbatida ETTB tomonidan yuqori baholandi.
♦️ Ta'kidlash joizki, "Asaka" bank savdoni moliyalashtirish yo‘nalishining faol qatnashchisi hisoblanadi va yillik savdoni moliyalashtirish hajmi 1 mlrd AQSH dollariga teng. Bu borada bank JPMorgan Chase Bank, Citi Bank, Deutsche Bank, SMBC, Commerzbank AG, The Export-Import Bank of Korea, Natixis Bank, Gazprombank, VTB Bank, Oddo BHF, RBI singari dunyoning etakchi moliya muassasalari va institutlari bilan hamkorlik qiladi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
"Asaka" banki - O'zbekistondagi eng faol emitent bank