“Asaka” banki “O‘zbekiston: Savdoni moliyalashtirish - 2019” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
Toshkentda 2019-yilning 6-7-noyabr kunlari YTTB ko‘magida “Worldwide Expert Conferences” tomonidan tashkil etilgan ikkinchi Xalqaro konferensiya - “O‘zbekiston: Savdoni moliyalashtirish 2019” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Asaka” bank boshqaruv raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullayev so'zga chiqdi.
Konferensiyada dunyoning yetakchi davlatlaridan kelgan spikerlar bank sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirishning yangi samarali vositalarini joriy qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr bildirdilar, shuningdek eksportni moliyalashtirish, siyosiy xatarlarni sug‘urtalash va tashqi investitsiyalashda mablag‘ ajratish amaliyoti muhokama qilindi.
Konferensiya yakunida “Asaka” bank xodimlariga e-learning kurslaridan o‘tganliklari uchun sertifikatlar topshirildi.
⠀
Ushbu tadbir O‘zbekistonning bank tizimi yangi, yanada yuqori darajaga chiqishida muhim o'rin tutadii.
⠀
07.04.2026
Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi
26.03.2026
Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!
11.03.2026
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri
"Asaka" banki Savdoni moliyalashtirish - 2019 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi