O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga amalga oshirishi kutilayotgan davlat tashrifi oldidan bugun Yaponiyada tashkil etilgan biznes forum doirasida “Asaka” banki va Yaponiyaning Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) moliya muassasasi o‘rtasida qiymati 100 million AQSh dollariga teng hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Mazkur shartnomaning amaliyotga tadbiq etilishi savdoni moliyalashtirish vositalari ko‘magida yurtimiz avtosanoati uchun butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar etkazib berish, shuningdek, Yaponiyada ishlab chiqarilgan texnologik uskunalarni import qilish imkonini beradi.
⠀
«Asaka» banki xorijning ko‘plab banklari va xalqaro moliya institutlari bilan sheriklik va ishbilarmonlik munosabatlarini o‘rnatgan. Jumladan, Yaponiyaning Nexi eksport kredit agentligining sug‘urtasi ostida loyihalarni moliyalash yo‘nalishida MUFG, ING, Mizuho, SMBC (Sumitomo Mitsui Banking Corporation), JBIC (Japanese Bank for International Cooperation) singari banklar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
"Asaka" banki xalqaro hamkorlik ko'lamini kengaytirmoqda