Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi. Batafsil

"Deutche Bank AG" kredit liniyasi qanday loyihalarga yo‘naltiriladi?

26.11.2020

 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinadigan kredit liniyalari mamlakat iqtisodiyoti uchun nihoyatda muhim. Qolaversa, bu mablag‘lar jarayonning bevosita ishtirokchisi bo‘lgan tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlaydi, likvidliligini oshiradi.

 

Xalq banki ayni sababdan Germaniyaning jahonga mashhur "Deutche Bank AG" banki bilan hamkorlik o‘rnatdi va joriy yil sentyabr oyida ikki bank o‘rtasida 150 mln. AQSH dollarigacha miqdorda kredit olish yuzasidan istiqbolli bitim imzolandi.

 

Hozir bitim doirasida 102,5 mln. AQSH dollari miqdorida maqbul foizlarda kredit mablag‘lari jalb qilinyapti. Kelgusida yana 47,5 mln. AQSH dollarilik qismi ham o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: Xalq banki bu mablag‘larni nimalarga sarflamoqchi?

 

Birinchi navbatda, ushbu kredit liniyasi bank mijozlari, tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Buning uchun uchta yo‘nalish belgilangan.

 

Birinchi yo‘nalish chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning bo‘rdoqichilikka yo‘naltirilgan investisiya loyihalari, shuningdek, aylanma mablag‘larini to‘ldirishni ko‘zda tutadi.

 

Ikkinchi yo‘nalish eksportchi korxonalarning chetdan asbob-uskuna, texnologiya, va boshqalarni, qolaversa, ichki bozordan xom ashyo va tovarlarni xarid qilishga doir investisiya loyihalari, shuningdek aylanma mablag‘larini to‘ldirishga mo‘ljallangan.

 

Uchinchi  yo‘nalish savdo va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning chetdan tovar, xom ashyo va butlovchi materiallarni xarid qilishga yo‘naltirilgan investisiya loyihalari, shuningdek aylanma mablag‘larini to‘ldirishga qaratilgan.

 

Kredit mablag‘lari kredit maqsadiga qarab hamda loyihaning o‘z-o‘zini qoplash muddatlarini inobatga olgan holda 12 oygacha, lekin 2021-yilning 29-oktabriga qadar bo‘lgan vaqt uchun ajratiladi.

 

Masalan,  1-yo‘nalishga doir loyihalarga 9 oygacha, 2-yo‘nalishga mansub loyihalarga 6 oygacha,  3-yo‘nalishga oidlariga ham 6 oygacha muddat berilishi belgilangan.

 

Kredit foizlari bazaviy yillik 360 kundan kelib chiqqan holda har kuni amalda foydalanilgan davr uchun hisoblanadi. 

 

Kredit AQSH dollarida ajratiladi va ushbu valyutada so‘ndiriladi.

 

 

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

06.05.2025

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda



Orphus tizimi