JET: So'm yoki dollar omonatlari: O'zbekistonda qaysi biri foydaliroq? Batafsil

"Fitch" "Mikrokrеditbank"ning rеytingini ko'tardi

23.12.2010
23.12.2010     “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining xalqaro valutadagi emitentining uzoq muddatli defolt reytingini “B-“ darajadan “B” darajaga oshirdi va uning faoliyatini “barqaror” deb baholadi.     Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi faoliyati eng barqaror tizimlardan biri bo‘lib, qat’iy belgilangan xalqaro standartlarga javob beradi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda shakllangan qonunchilik bazasi xalqaro reyting agentliklarining yuqori baholari ko‘rinishida o‘zining salmoqli natijalarini bermoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 26 noyabrda qabul qilingan 2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlariga doir qarori mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqarorligini oshirish va uning faoliyatini yanada yuqori darajada tashkil etishga qaratilgan.     “Fitch Ratings” xalqaro agentligi ekspertlarining ta’kidlashicha, hozirgi kunda barcha banklarning individual reytingini oshirish salohiyati O‘zbekiston iqtisodiyoti tuzilmasini va banklarning davlat siyosatini yuritishdagi o‘rni hisobga olingan holda cheklangan. Mamlakatimizda ijobiy iqtisodiy o‘sishni davom ettirish, kapitalning yetarlilik ko‘rsatkichini oshirish va mijozlar bazasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilish banklarning mustaqil kredit to‘lash qobiliyatining ijobiy omili bo‘lishi mumkin.     “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining hisobotlariga ko‘ra, ayni paytda bank kredit portfeli tarmoqlarga, asosan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga yo‘naltirilganligiga qaramasdan, qarz oluvchilar bo‘yicha diversifikatsiyalangan hisoblanadi. Bankdan ma’lum qilishlaricha, kredit to‘lash qobiliyati kreditlar bo‘yicha nihoyatda cheklangan yo‘qotishlar darajasida saqlanib turibdi va 2010 yilning 9 oyi oxirida kapitalning yetarlilik ko‘rsatkichi 32 foizni tashkil etdi.     Ta’kidlash kerakki, joriy yil birinchi yarmi oxirida “Mikrokreditbank” mamlakatimizda kattaligi bo‘yicha sakkizinchi o‘rinni egalladi va tarmoq aktivlarining qariyb 2,9 foizi uning ulushiga to‘g‘ri keldi. Bankning asosiy vazifasi – mikromoliya xizmatlarini, ayniqsa, qishloq joylarda rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.     “Fitch Ratings” xalqaro agentligining baholash yakuniga ko‘ra, “Mikrokreditbank” emitentining uzoq muddatli defolt reytingi “B-” darajadan “B” darajaga o‘tarildi, uning faoliyati “barqaror” deb baholandi va emitentining qisqa muddatli defolt reytingi “B” darajasida tasdiqlandi. Individual reytingi “D/E” darajasida tasdiqlandi, qo‘llab-quvvatlash reytingi esa “5” darajadan “4” darajaga ko‘tarildi. Bankka bunday yuqori ko‘rsatkichlarning berilishi, avvalambor, uning likvidligi va barqarorligi hamda mamlakatimiz bank tizimiga bo‘lgan ishonch oshib borayotganidan dalolat beradi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi