"Hamkorbank” ATB ayol tadbirkorligini rivojlantirishda faol qatnashmoqda

26.02.2016

"Hamkorbank" "Moliyalashtirish imkoniyati – ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning asosiy omilidir" mavzuidagi seminarda ishtirok etdi. 


Toshkentda o'tkazilgan “davra suhbati” davomida moliyalashtirish imkoniyatidan foydalanish ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning asosiy omili ekanligi muhokama qilindi. Tadbir O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi hamda Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) yurtimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil qilindi.


“Davra suhbati”da O'zbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasining hududiy vakillari hamda OTBning “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish. Faza 3” loyihasida qatnashuvchi mamlakatimiz banklarining mutaxassislari, shu jumladan horijiy kapital ishtirokidagi «Hamkorbank» aksionerlik-tijorat banki ham ishtirok etdi. Ta'kidlash kerakki, mazkur tadbir qatnashchilarni ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijalari bilan va OTB loyihasini «Hamkorbank» va boshqa banklar misolida tanishtirish, shuningdek, ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirishda paydo bo'ladigan masalalarni muhokama qilish maqsadida o'tkazildi.


“Davra suhbati” davomida OTB eksperti Jemi Bouman kredit byurosi va garov reyestri misolida tadbir ishtirokchilarini ayol tadbirkorlarning kredit olishini yaxshilash bo'yicha to'plangan xalqaro tajriba bilan tanishtirdi.


OTB loyihasi maslahatchisi (konsultanti) Dildora Tojiboyeva esa mutaxassislarga tijorat banklarining ayollar biznesiga xizmat ko'rsatish bo'yicha dunyo amaliyoti haqida so'zlab berdi.


O'z navbatida “Hamkorbank” vakili bankning ayollar biznesini rivojlantirish bo'yicha erishgan yutuqlari taqdimotini o'tkazib, tadbir qatnashchilariga bank tomonidan nomoliya xizmatlarini ko'rsatish bilan birga, moliyaviy savodxonlikni oshirish bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berdi.


Tadbir yakunlari bo'yicha kelgusida ayollar tadbirkorligiga ko'mak beruvchi dasturlarni amalga oshirishda barcha manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlikni ta'minlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.


 

Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi