Bugungi kunda Hamkorbank o'z faoliyat qamrovini kengaytirib, Respublikaning barcha hududlarida uning filiallari aholiga namunali xizmat ko'rsatmoqda. Yaqinda Jizzax va Guliston shaharlarida bankning yangi filiallari ish boshladi. Endilikda bank fililallari soni 30 ga, mini banklar soni esa 150 taga yetdi. Ushbu filiallarda aholi va bank mijozlari uchun barcha bank xizmatlari yuqori saviyada tashkil etilganligi bilan e'tiborlidir.
Yangi binolarning ishga tushushi munosabati bilan tashkil etilgan ochilish marosimida viloyat va shahar hokimliklari, viloyat moliya muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari hamda hududiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Marosimda so'z olganlar, ushbu moliya muassasasi mijozlarning ishonchli hamkoriga aylanishi, mazkur bank barqarorligi,
ishonchliligi, to'lov qobiliyatining mustaqamligini ta'minlash maqsadida bor imkoniyatlardan unumli foydalanishini ta'kidlashdi.
Shuningdek, marosimda Hamkorbank mas'ul rahbar xodimlari ushbu yangi bank muassasalari doimiy ravishda sifatli xizmatlarni tashkil etishga ishonch bildirishdi. Xususan, ushbu banklar kelajda aholi, kichik biznes va tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishda investisiya markazi vazifasini o'tash bilan birga o'z mijozlari uchun ishonchli hamkorga aylanishligini alohida ta'kidlashdi.
Bank axborot xizmati
25.02.2026
TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi
25.02.2026
Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi
18.02.2026
Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!
"Hamkorbank"ATB o'z qamrovini kengaytirmoqda