"Hamkorbank" beshta yangi omonat turini joriy qildi

Yil boshidan "Hamkorbank" OATB depozitlari yangi omonatlar bilan boyitildi. Bank tomonidan 4 ta milliy valyutada: "Yuksalish", "Imkon", "Qulay", "Oila xazinasi-2"  va bitta chet el valyutasida(multivalyuta) - "Smart" omonat turlari joriy etildi. 


"Yuksalish" omonatiga mablag’lar 6 oyga qabul qilinib, unga hisoblangan ustama foizlar omonatchi xohishiga ko’ra, har 3 oyda yoki omonat muddati yakunida beriladi. 

 

"Imkon" omonatiga mablag’lar 9 oyga joylashtirilishi belgilangan. Bu depozitga to’langan foizlarni omonatchi har oyda yoki omonat hisobvarag’i yopilganda olishi mumkin.

 

"Qulay" omonatida mablag’lar 3 oy muddat davomida saqlanib, depozit bo’yicha hisoblangan ustama foizlarni omonatchi o’z xohishiga binoan oyma-oy yoki omonat hisobvarag’i yopilganda oladi.

 

"Oila xazinasi-2" omonatining saqlanish muddati 12 oyni tashkil qilib, ushbu muddat davomida depozitga omonatchi tomonidan shartnoma asosida kirim yoki chiqim qilinishiga imkoniyat yaratilgan. Mazkur omonatga hisoblangan ustama foizlar esa uning amal qilish muddati yakunida to’lanadi.

 

"Smart" nomli xorijiy valyutadagi (multivalyuta) omonatiga mablag’lar AQSh dollarida cheklanmagan miqdorda 3 oy muddatga qabul qilinadi. Mazkur depozitga hisoblangan ustama foiz to’lovi milliy valyutada oyma-oy yoki omonat muddati yakunida beriladi.

 

"Hamkorbank" OATBda depozit hisobvarag’lariga joylashtirilgan pul mablag’lari "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan himoyalangan. Omonatlar soliq va majburiy to’lovlardan ozod qilinadi, mablag’lar manbalari deleratsiya qilinmaydi va bank siri hisoblanadi.
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi