JET: Hamster Kombat savdosi boshlandimi? Batafsil

"Hamkorbank"ning Humo kartalaridan foydalaning va sovg‘alardan birini qo‘lga kiriting

"Hamkorbank"ning Humo kartalaridan foydalaning va sovg‘alardan birini qo‘lga kiriting

Hamkorbank «Humo» tizimi kartalari egalari uchun aksiya e’lon qiladi. «Humo» kartalari orqali xaridlarni amalga oshiring va sovg‘alardan birini qo‘lga kiriting.

Aksiyada ishtirok etish uchun 50 000 so‘mdan kam bo‘lmagan xaridni amalga oshirish kifoya, evaziga esa kontaktsiz to‘lov brasletini yoki stikerini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

G‘oliblar har oyning 15 chi sanasida aniqlanadi, ularning ro‘yxatini esa rasmiy kanallarimiz orqali e’lon qilib boramiz. 

Humo kartalari NFC moduli bilan ta’minlangan bo‘lib, uning yordamida xaridlarni amalga oshirish yanada osonlashadi - bir marta tekkizish orqali 50 000 so‘mgacha bo‘lgan xaridlarni amalga oshirish mumkin, agar kontaktsiz to‘lov brasletingiz yoki stikeringiz bo‘lsa, kartani qo‘lingizga ushashning xojati ham qolmaydi.


Aksiyada Hamkor Mobile ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirgan yoki Hamkorbankning HUMO bankomatlaridan naqd pul yechgan karta egalari ham ishtirok etadilar. Eslatib o‘tamiz, HUMO kartalari egalari Hamkor Mobile ilovasining barcha xizmatlaridan foydalanish imkoni mavjud, aloqa operatorlari xizmatlari va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, kartadan kartaga pul o‘tkazish va onlayn konversiya xizmati, onlayn omonat va hatto Яндекс.Деньги elektron hamyoni hisobini to‘ldirish xizmatlari shular jumlasidandir.

Humo tizimi kartalarining yana bir qulayligi shundaki, Siz bankimiz veb-saytida yoki Hamkor Mobile ilovasida Hamkorbank Humo kartalaridan boshqa bank Humo kartalariga mablag‘laringizni bepul o‘tkazishingiz mumkin.


Hamkor Mobile ilovasini esa bu yerdan yuklab olishingiz mumkin:

  • iOS uchun yuklash
  • Android uchun yuklash



Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimizga obuna bo‘lishni ham unutmang, shundagina g‘oliblarimiz haqidagi e’lonni o‘tkazib yubormaysiz, balki siz ham ulardan biriga aylanishingiz mumkin:

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi