Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul - kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga o‘tkazadi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan, davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan darajada belgilanadi.
2021 yil 1 yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining ma’lum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilinadi.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi va 2020 yilda inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.
Shuningdek, Inflyatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etilib, inflyatsiya omillari va narxlar oshishiga olib kelayotgan sabablarni bevosita joyiga chiqqan holda tahlil etish va tanqidiy baholab borish komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Manba:www.finance.uz
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
25.11.2025
3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi
24.11.2025
Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi
"Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.