"Kapitalbank" ATB yana avtoulovlar uchun kreditlarni taqdim etadi va bu safar oldindan to'lovlar miqdori kamaytirildi!

05.07.2020
"Kapitalbank" ATB "UzAuto Motors" kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi aksiyani boshladi - boshlang'ich to'lovi atigi 20% bo'lgan onlayn avtokredit. Shu bilan birga, kredit muddati ham uzaytirildi - bundan oldin, kreditni 24 oydan 36 oygacha olish mumkin edi, endi esa 36 dan 40 oygacha. Kredit ham jismoniy shaxs ham yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan rasmiylashitirilishi mumkin. Buning uchun avto.kapitalbank.uz veb-saytida so'rov qoldirish kifoya.. Kreditni quyidagi UzAuto Motors avtomobillariga olish mumkin: Cobalt, Nexia, Tracker AT, Tracker MT va Trailblazer. Kredit yiliga 24% miqdorida taqdim etiladi. Barcha tafsilotlar va variantlar saytda ko'rsatilgan.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi