JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

"Kapitalbank" ketma-ket uchinchi marotaba Bank faoliyati indeksida Yetakchilik qilmoqda!

27.04.2021
 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Bank faoliyati indeksini yangiladi. Reytingda "Kapitalbank" ATB boshchilik qilmoqda.  17 ta yirik banklar orasida "Kapitalbank" 2020-yilning II choragidan beri yetakchilikni oʻzida ushlab turgan holda, hali ham uni saqlab kelmoqda. Kapitalning yetarliligi, daromadliligi va boshqaruv sifati jihatidan kuchli natijalar bankka umumiy reytingdagi o'rnini mustahkam egallashga imkon berdi. Xususan, bank muddatli depozitlarining kreditlarning umumiy miqdoriga nisbati 78 foizni tashkil etdi. Boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablag'larning ulushi 3,5 foizni tashkil etdi, deb yozadi Gazeta.uz ITIM ma'lumotlariga asoslanib.  Davlatdan olingan mablag'larning ulushi 2020-yilning IV choragiga nisbatan 0,8 foizga o'sib, 1,3 foizni tashkil etganiga qaramay, ushbu ko'rsatkich bank majburiyatlari tuzilmasidagi eng past ko'rsatkichlardan biri bo'lib qolmoqda.  Taʼkidlash joizki, indeks ITIM tomonidan mamlakatning 31 ta tijorat banki uchun ishlab chiqilgan va har chorakda yangilanadi.  Hisoblashda banklarning quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ko'rsatkichlari qo'llaniladi: moliyaviy vositachilik, moliyaviy imkoniyat, kapitalning yetarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv samaradorligi, daromadlilik, likvidlik.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi