JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

"Kapitalbank" moliyaviy savodxonlik bo'yicha eng faol bankka aylandi

28.07.2021
"Butunjahon pul haftaligi 2021"(Global Money Week) natijalari doirasida Markaziy bank bolalar va yoshlar uchun ta'lim faoliyati va moliyaviy savodxonlik loyihalarini amalga oshirgan eng faol tijorat banklarini aniqladi. Markaziy bank banklarning bir nechta mezonlarda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hissasini baholadi:maktab o'quvchilari, o'qituvchilar va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun umumta'lim muassasalari va bolalar uylarida o'tkaziladigan ta'lim tadbirlari soni va sifati; OAV da tadbirlarni yoritish bo'yicha axborot kampaniyasini o'tkazish; ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun moliyaviy savodxonlik bo'yicha o'quv-onlayn tadbirlar o'tkazish; Bolalar va yoshlarni jalb qilish bilan yangi moliyaviy savodxonlik loyihalarini yaratish; Tarqatma materiallarning, shuningdek musobaqalar g'oliblariga sovg'alarning miqdori va sifati. "Kapitalbank" ATB moliyaviy savodxonlik sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni tahlil qilish yakunlari bo'yicha "moliyaviy savodxonlik bo'yicha eng faol bank"deb e'tirof etildi. Eslatib o'tamiz, "Kapitalbank" Global Money Week homiyligida joriy yilda bolalar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha qator tadbirlar o'tkazdi. Ular orasidan 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun "Mening ishim" tanlovi va Nukus shahridagi maktablar o'rtasida ta'lim tadbirlari va tanlov o'rin olgan. Tanlov g'oliblari "Kapitalbank"dan qimmatli sovrinlar bilan taqdirlandi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

Biznesingiz uchun ishonchli moliyaviy yordam qidiryapsizmi?

12.12.2024

Biznesingiz uchun ishonchli moliyaviy yordam qidiryapsizmi?

Davr Bankda ishlashni xohlaysizmi? Biz buni yengillashtirdik!

12.12.2024

Davr Bankda ishlashni xohlaysizmi? Biz buni yengillashtirdik!



Orphus tizimi