"Kapitalbank" "Karyera kuni" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

19.02.2021
18-fevral kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim tashabbusi bilan Toshkent moliya instituti binolaridan birida ish izayotgan yoshlar uchun bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi bo'lib o'tdi. Tadbirda yirik mahalliy kompaniyalar va banklar hamda TMI talabalari ishtirok etishdi. Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida "Kapitalbank" ham ishtirok etdi. Bank vakillari bir qator suhbatlar o'tkazdilar, rezyumelarni qabul qildilar va ish izlayotgan yoshlarga bank sohasidagi ishlar to'g'risida so'zlab berdilar. Shuningdek, ish izlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bankning rasmiy saytiga olib boruvchi QR-kod ishlab chiqilgan bo'lib, u yerda har qanday qulay vaqtda bo'sh ish o'rinlari bilan tanishish va rezyumeni onlayn tarzida yuborish mumkin. Yarmarkaning bir kunlik faoliyatida "Kapitalbank" stendiga ikki yuzdan ortiq odam tashrif buyurdi. 140 ga yaqin yosh mutaxassislar o'zlarining rezyumelarini qoldirdilar. "Kapitalbank" ning HR-departamentida ish beruvchi va potentsial xodim yuzma-yuz uchrashib, ishga joylashish bo'yicha barcha o'zlarini qiziqtirgan savollarini berishga imkon beradigan bunday tadbirlarning muhimligini ta'kidlandi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi