"Kapitalbank" Respublika fond birjasida investitsiya vositachisiga aylandi

11.05.2021
"Kapitalbank" ATB investitsiya vositachisi sifatida "Toshkent" Respublika fond birjasida akkreditatsiyadan o'tdi, deb xabar qildi RFB ning matbuot xizmati. "Toshkent" RFB boshqaruvi raisi Bekzod Usmonov birja a'zosi sifatida akkreditatsiyadan o'tgan, 490-raqamli brokerlik idorasi raqamini olgan "Kapitalbank" ATB ga "Toshkent" RFB birjasining a'zolari tarkibiga kiritish to'g'risidagi Guvohnomani topshirdi. Bozorning yangi ishtirokchilari paydo bo'lishi birja bitimlari, savdo hajmlari oshishiga, aholi o'rtasida moliyaviy savodxonlikning o'sishiga yordam beradi, bu esa marosimda ta'kidlanganidek, nafaqat fond bozori, balki butun mamlakatdagi kapital bozorining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Guvohnoma birja a'zolari xodimlarini "Toshkent" RFB malaka komissiyasi tomonidan brokerlik idorasi treyderlari attestatsiya natijalariga ko'ra birja savdolarida qatnashish huquqiga va YaDTK ga kirish huquqiga ega bo'ladigan attestatsiya oʻtkazilganidan so'ng,  topshirildi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi