JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

"Kapitalbank" yangi omonatlarni ishga tushirmoqda

12.03.2021
Hurmatli mijozlar! 2021-yil 15-martdan boshlab "Kapitalbank" ATB da milliy va xorijiy valyutadagi yangi muddatli depozitlar kuchga kiradi.

Milliy valyuta soʻmda:
«Kapital25» – muddatli omonat
Dastlabki to'lovning eng kam miqdori – 500000 so'm;
Omonat muddati – 25 oy;
Omonatni bankka naqd / naqdsiz va onlayn shaklda o'tkazish mumkin;
Stavka foizi:
1 oydan 12 oygacha yillik 20%;
13 oydan 25 oygacha yillik 18%;
Foizlar har oy omonat valyutasida bank o'tkazmasi orqali naqd pulsiz shaklda to'lanadi yoki mobil ilova orqali ochilgan omonatchining hamyon hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Omonatni to'ldirish  – 13 oydan 25 oygacha koʻzda tutilgan;
Omonatning bir qismini qaytarib olish ko'zda tutilmagan;
Muddatdan avval bekor qilishga ruxsat beriladi. Agar omonat muddatidan oldin qaytarib olinadigan taqdirda, u muddatdan oldin qaytarib olish sanasida omonatning oxirgi to'liq bo'lmagan 12 oyi uchun to'langan foizlar (foiz stavkasi o'zgargan oxirgi kundan boshlab) qayta moliyalash stavkasi asosida qayta hisoblab chiqiladi. Bunday holda, to'langan va hisoblangan foizlar o'rtasidagi farq omonat summasidan ushlab qolinadi.

AQSh dollarida:
«Kapital24» muddatli omonati
Dastlabki to'lovning eng kam miqdori – 500 AQSh dollari;;
Omonat muddati – 24 oy;
Omonatni bankka naqd / naqdsiz va onlayn shaklda o'tkazish mumkin;
Foiz stavkasi – yiliga 5%;
Foizlar har yili omonat valyutasida avans tarzida naqd pulsiz shaklda to'lanadi yoki mobil ilova orqali ochilgan omonatchining hamyon hisob raqamiga kiritiladi;
Omonatni to'ldirish  – koʻzda tutilmaydi;
Omonatning bir qismini qaytarib olish ko'zda tutilmagan;
Muddatdan avval bekor qilishga ruxsat beriladi. Agar omonat muddatidan oldin qaytarib olinadigan taqdirda, u muddatdan oldin qaytarib olish sanasida omonatning oxirgi to'liq bo'lmagan 12 oyi uchun to'langan foizlar (soʻngi avans bilan toʻlangan foizlar sanasiga nisbatan) yillik 3 % asosida qayta hisoblab chiqiladi. Bunday holda, to'langan va hisoblangan foizlar o'rtasidagi farq omonat summasidan ushlab qolinadi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi