"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat bankida jismoniy shaxslarga “MKB Mobile” ilovasi orqali overdraft kredit ajratish joriy etildi.

14.07.2018
14.07.2018 “Qarz oluvchi” “MKB Mobile” ilovasi orqali overdraft krediti olishda filialga kredit tegishli kredit hujjatlarini taqdim qilib 12 oy muddatga skoring tahlildagi belgilangan limit doirasidagi mablag‘ uchun kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi. Overdraft kredit shartnomasi imzolanib, kuchga kirgandan so‘ng “Qarz oluvchi” shaxsiy telefoni orqali “PLAY MARKET”dan “MKB Mobile” ilovasini yuklab oladi va “MKB Mobile” ilovasidan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda oferta shartnomasi shartlari bilan tanishib chiqib elektron tarzda tasdiqlaydi. Bank tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng mijozga “MKB Mobile” ilovasi orqali overdraft kredit liniyasi ochilganligi hamda ID raqami ko‘rsatilgan holda SMS xabarnoma jo‘natiladi. “Qarz oluvchi” tomonidan “MKB Mobile” ilovasidagi “TO‘LOVLAR” modulidan “Bank operatsiyalari” yo‘nalishi orqali “Overdraft kredit” xizmatiga o‘tiladi. SMS xabarnoma orqali jo‘natilgan ID raqami kiritiladi. Shundan so‘ng overdraft kredit shartnoma summasi avtomat tarzda paydo bo‘ladi. Qarz oluvchi kunning hohlagan paytida pul mablag‘iga bo‘lgan ehtiyojlarini plastik kartasi orqali ishlata oladi. Marhamat, hozirning o‘zida Mikrokreditbankning viloyatlarda 86 ta filiallari mavjud bo‘lib, o‘zingizga qulay bo‘lgan filialga murojaat qilishingiz mumkin!   Bank matbuot xizmati
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda



Orphus tizimi