"Mikrokreditbank" avtokreditlar foizini tushirdi

03.03.2020
3.03.2020     Agar yangi avtomobil xarid qilish istagida bo’lsangiz, ammo ayni damda mablag’laringiz yetarli bo’lmasa, "Mikrokreditbank" avtokreditini rasmiylashtiring.     Avtokreditlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:  • Kredit muddati: muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga;   • Kredit summasi: avtotransport vositasining 100% miqdorida; • Boshlang‘ich to‘lov: avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda; • Asosiy qarzni qaytarish tartibi: 3 oylik imtiyozli davr tugagandan so‘ng, har oy teng ulushlarda;    Foiz stavkasi: - 30% yillik – avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich to‘lov bilan; - 28% yillik – avtomashina qiymatining 40%dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich to‘lov bilan; - 26% yillik – avtomashina qiymatining 50%dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich to‘lov bilan.    Kreditning garov ta’minoti: - kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi garovi; - uchinchi shaxs kafilligi; - avtomashina yetkazib berilib belgilangan tartibda garovga taqdim etilgunga qadar sug‘urta kompaniyasining kredit qaytmasligi hatari sug‘urta polisi;   Zarur hujjatlar: - arizachi hamda kafil shaxsning pasporti; - arizachi hamda kafil shaxsning oxirgi 6 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; - avtotransport vositasini sotib olish uchun shartnoma.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!

26.03.2026

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri



Orphus tizimi