Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

"Mikrokreditbank": Uchquduqda yangi filial ochildi

18.05.2010
18.05.2010     2010 yil 12 aprelda Navoiy viloyati, Uchquduq tumanida "Mikrokreditbank" sarmoyalari tadbirkorlik, bunyodkorlik va taraqqiyot xizmatida!" mavzuida amaliy seminar bo’lib o’tdi.     "Mikrokreditbank" OATB  tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat va tuman xokimligi, Xotin-qizlar qo’mitasi, Savdo sanoat palatasi, Huquq tartibot organlari xodimlari, tuman qishloqlaridagi ishbilarmonlar hamda Uchquduq, Zarafshon, Tomdi tumanlaridagi   o’rta-maxsus kasb hunar kollejlari o’quvchi-talabalari ishtirok etdi.      Tadbir "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik-tijorat banki  Navoiy viloyati  filiali tomonidan  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ko’rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar  hisobiga yaratilgan maxsulot va tovarlar ko’rgazma-savdosi bilan boshlandi.     Mazkur  anjuman  "Mikrokreditbank"ning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 11 fevraldagi "2009-2010 yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish Dasturi" hamda 2010 yil 3 fevraldagi "2010-2012 yillarda Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini oshirish, shuningdek istiqbolsiz korxonalarni tarkibiy o’zgartirish, moliyaviy sog’lomlashtirishni tugatish bo’yicha Xududiy Dastur" lar ijrosini ta'minlash bo’yicha amalga oshirayotgan tadbirlari doirasida  tashkil etilmoqda.     Tadbirda Mikrokreditbank ochiq aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv Raisi Sayfiddinov Jamshed Badriddinovich,     Uchuduq tuman xokimi Yormatov Maxmud Kurolovich, Tomdi tumani hokimi G’ayrat Aldaberganov, "Mikrokreditbank" OATB Kichik biznes hamda tadbirkorlik sub'ektlarini mikrokreditlash departamenti direktori Karimova Zulfiya Jo’raevnalar so’zga chiqishib, 2006 yil 5 mayda Prezidentimizning   PF-3750 sonli Farmoni bilan tashkil etilgan "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik tijorat bankining bugungi kunda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasidagi faoliyati, davlatimiz tomonidan berilgan tadbirkorlarga berilgan imtiyoz va imkoniyatlar, mikrosarmoyalardan foydalanish tartib-qoidalari to’g’risida gapirdilar.     Ta'kidlash joizki,  bank  tashkil etilganidan keyingi o’tgan davr mobaynida  kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni  mikrosarmoyalash uchun  214 milliard so’m miqdorida  mikrokreditlar ajratdi va mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatdi. Hususan, birgina o’tgan yilning o’zida bank tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga 140 milliard so’m miqdorida kreditlar ajratildi. Shuningdek,  90 milliard so’mdan ortiq imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatildi. Ya'ni bankning  2009 yilga mo’ljallangan mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish ko’lami 2008 yilga nisbatan 1,6 barobarga oshdi.     Bu borada Navoiy viloyatida ham "Mikrokreditbank" ochik aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini faollashtirish yo’li bilan yangi ish o’rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholining keng qatlamlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-choragi davomida kichik biznes sub'ektlariga jami 3 520,7 mln. so’mlik mikrokreditlar ajratildi va mikrolizing xizmatlari ko’rsatildi. Shuningdek, viloyatda tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlarga 389,9 mln so’m kasb-hunar kollejini bitirgan 35 nafar yosh tadbirkorlarga o’z ishlarini boshlash uchun jami 131,0 ming so’mlik imtiyozli sarmoyalar ajratildi.       Prezidentimizning 2009 yil 26 yanvarda kabul kilingan "Oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora tadbirlar tug’risida"gi xamda 2009 yil 28-yanvarda qabul qilingan "Maxalliy nooziq-ovkat iste'mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarorlari ijrosini ta'minlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga  255,3 mln so’m nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishga esa 175,0 mln.so’mlik kreditlar ajratildi.     Tadbirning asosiy qismida "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik-tijorat banki Navoiy viloyatidagi yangi Uchquduq filialining ochilish marosimi o’tkazildi. Viloyatning Tomdi, Uchquduq tuman hamda Zarafshon shahri kasb-xunar kollejlarini bitirayotgan, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga ko’yish orqali yangi ish joylarini yaratish istagida bo’lgan  yosh tadbirkorlarga boshlangich sarmoya mikrokrediti ajratish bo’yicha sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, "Mikrokreditbank" ishonchini qozongan bank mijozlari hamda mahallada tadbirkorlik muhitini yaratishda bankka yaqindan ko’mak berib kelayotgan  qishloq fuqarolar yig’ini raislari maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan takdirlandilar.     Bankning  yangi filiali viloyatning qator olis tumanlari  tadbirkorlari uchun zamonaviy bank  xizmatlari ko’rsatishda  qulayliklar yaratadi.                                                                                              Bank matbuot xizmati  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi