"MIKROKREDITBANK": VISA a`zoligiga qabul qilindi.

06.08.2009
6.08.2009 "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik tijorat banki VISA International xalqaro to`lov tizimiga a`zo bo`ldi. VISA International SEMEA hududiy amaliyotlar qo`mitasining 2009 yil 11 iyunda bo`lib o`tgan yig`ilishida "Mikrokreditbank" OATBning "VISA International"ga a`zo bo`lishi to`g`risida"gi qarori qabul qilindi. Mazkur voqea bankka yaqin kelajakda aholi e`tiboriga VISA xalqaro plastik kartochkalari asosidagi turli bank xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini berdi. Xususan, hozirda "Mikrokreditbank" OATB VISA kartochkalari orqali kreditlash va ish haqi loyihalarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni olib bormoqda. Bundan tashqari, bank ushbu xalqaro darajadagi VISA katochkalariga xizmat ko`rsatuvchi bankomat va infokiosklar tarmog`ini kengaytirishni ham rejalashtirmoqda.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi