“O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati tizimida iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan minibanklar faoliyatini optimallashtirish, hududiy filiallari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, amaliyot xarajatlarini maqbullashtirish, shuningdek, xodimlar mеhnat faoliyatini tashkil qilishni o‘zgartirish maqsadida Bank filiallari tasarrufida tashkil qilingan, bugungi kunda iqtisodiy jihatdan samarasiz faoliyat yuritayotgan quyidagi bank xizmatlarini ko`rsatish markazlari va minibanklar faoliyati tugatildi.
|
Filiallar nomi |
Bank xizmatlari markazi va minibanklar nomi |
|---|---|
|
Sirdaryo viloyati filiali |
“Xovos” bank xizmatlari markazi (Xovos minibanki) |
|
“Yangiyer” bank xizmatlari markazi (Yangiyer minibanki) |
Faoliyati tugatilgan minibanklar mijozlariga Bank filiallari tomonidan xizmat ko`rsatish davom ettiriladi.
Batafsil ma`lumot uchun: (+99878) 148-00-10
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
25.11.2025
3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi
24.11.2025
Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi
"O'zmilliybank" AJ mijozlari diqqatiga