Hurmatli Bankimiz mijozlari, qo`lga kiritgan navbatdagi yutug`imiz haqidagi xabar bilan o`rtoqlashyotganimizdan bag`oyatda hursandmiz!
“O`zmilliybank” AJ ga Payment Card Industry Data Security Standard 3.2.1standarti talablarining to`lov kartalari ma`lumotlarini saqlash, qayta ishlash va uzatish qismi bo`yicha PCI DSS standartiga muvofiqligini ko`rsatuvchi sertifikat topshirilganini ma`lum qilmoqchimiz. Mazkur muvofiqlik sertifikati, Compliance Control Ltd kompaniyasi tomonidan o`tkazilgan QSA-auditi natijalari bilan tasdiqlangan.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
25.11.2025
3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi
24.11.2025
Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi
"O'zmilliybank" AJ ning yangi yutug'i