JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

"O`zmilliybank" AJ va Mastercarddan “Oltin aksiya” bosh sovrini o‘yini o‘tkazilishi haqida.

14.02.2022

Hurmatli mijozlar!

2022 yil 15 fevral kuni soat 15.00 da butun aksiya yakunlariga koʻra "O`zmilliybank" A va Mastercard tomonidan “Oltin aksiya”ning uzoq kutilgan bosh sovrini – 50 gramm ogʻirlikdagi oltin quyma oʻyini boʻlib oʻtadi. O‘yin g‘oliblari Random.org xizmatidan foydalangan holda, Bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida (https://www.instagram.com/nbu.official) onlayn translyatsiya formatidagi Aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinda ishtirok etish uchun aksiyaning butun muddati 2021 yil 1 noyabrdan 2022 yil 31 yanvargacha bo`lgan muddat davomida bitta Mastercard kartasi orqali 100 AQSh dollari va undan ko‘p summaga (savdo terminallarida yoki Internetda tovar/xizmatlar uchun to‘lov) tranzaktsiyalarini amalga oshirish zarur edi.

Faqat bitta ishtirokchi oltin quyma egasiga aylanadi. U kim bo'lishini esa, biz ertaga bilib olamiz.

Hammaga omad tilaymiz!

O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot


Manba: NBU
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi