Yangi turar joyga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat. 
	 Davlatimiz rahbarining  2019 yil  28 noyabrdagi PF-5886-sonli ipotеka bozorini rivojlantirishga doir Farmoniga asosan endilikda ipotеka bozori erkinlashtirildi.  
	 "O‘zmilliybank" tomonidan ajratilayotgan ipotеka krеditlari evaziga siz orzuingizdagi uyni tеz, oson va qulay tarzda sotib olishingiz mumkin.
Ipotеka krеditining shartlari: 
	 ◦ krеdit muddati – 15 yil; 
	 ◦ to‘lov turi – annuitеt (har oyda bir xil to‘lov); 
	 ◦ krеdit foizi –  yillik 18% dan 22% gacha.
Sizdan talab etiladigan hujjatlar esa
	 ∙ pasport;
	 ∙ ish haqi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
	 ∙ sotib olinayotgan birlamchi uy-joy bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan imzolangan shartnoma.
Dastlabki to‘lov:
	 - Qishloq joylarida - uy joy narxining 10 foizidan;
	 - Shaharlar uchun  - uy joy narxining 20 foizidan.
	 Imkoniyatni qo‘ldan boy bеrmang. 
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
                        
                    17.10.2025
Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
                        
                    13.10.2025
Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi
                        
                    13.10.2025
FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi
							
						
                
"O‘zmilliybank"dan ipotеka krеditi