Namangandagi Yoshlar markazida "Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik qilish istiqbollari" mavzusida seminar o'tkazildi.
Seminar O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va O'zbekiston tadbirkor ayollar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Tadbirkor ayollar iqtisodiy taraqqiyotda muhim rol o'ynab, iqtisodiyot o'sish suratlari va yangi ish o'rinlari yaratishga ta'sir etishadi. Mazkur tadbir tadbirkorlik faoliyatida ayollarga bizneslarini tashkil etish va biznes-rejalashtirish asoslarini o'rganishga yordam berishga qaratilgan.
Seminar-trening qatnashchilari quyidagi mavzularda yangi bilimlarga ega bo'lishdi: "Biznes boshqaruvining huquqiy aspektlari: qonunchilik va imtiyozlar", "Soliq tizimida kichik biznes uchun ustunlik va preferentsiyalar", "Tadbirkor ayollar biznesining o'ziga xosligi", "Bank mahsulotlari va xizmatlari: ularning o'ziga xosligi hamda shartlari". Ekspertlar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berishdi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar qatnashchilarga faollik uchun tashakkur izhor etib, ayni yo'nalishdagi tadbirlar yana o'tkazilishini qo'shimcha qilishdi.
|
|
|
|
|
|
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
"Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik qilish istiqbollari" mavzusida seminar o'tkazildi