JET: Oltin quymalarini qanday sotib olish mumkin? Batafsil

Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

31.05.2021
Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
   Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi masʼullari ishtirokida hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yoʻlida berilgan topshiriqlar ijrosiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 
    Joriy yilning 30-aprel kuni Prezidentimiz raisligida hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bu bordagi ishlarni “ichki talabni oʻrganish – importni tahlil qilish – resurs bazasini aniqlash – yangi loyihalar ishlab chiqish” zanjiri asosida tashkil etish yuzasidan zarur topshiriqlar berilgan edi. 
    Unga koʻra, sohani rivojlantirishda boshqaruv kompaniya sifatida ish boshlagan Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, dastlabki ishlar amalga oshirildi. 
Uchrashuvda Bank Boshqaruv raisi Saxi Annaklichev 2021-2023-yillar davomida qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish maqsadida shakllantirilgan umumiy qiymati 5,25 mlrd. dollarlik 1019 ta loyiha maxsus ishchi guruh tomonidan oʻrganilayotgani, shu kunga qadar Fargʻona, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi loyihalar toʻliq koʻrib chiqilganligi taʼkidlandi. 
Shuningdek, Bankning mintaqaviy filiallarida Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida konsalting markazlari tashkil qilinib, ularga geolog, texnolog va loyihachilardan iborat mutaxassislar jalb etilganligi aytib oʻtildi. 
    Endilikda “OʻzqurilishmaterialLITI” ilmiy-tadqiqot va injiniring markazida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida Qurilish materiallari oʻquv markazi tashkil etiladi.  
Tadbirkorlik sohasiga endi kirib kelayotgan yoshlar uchun 65 ta mahsulot turi boʻyicha amaliy-uslubiy qoʻllanmalar yaratiladi.  
    BCG, Deloitte kabi nufuzli xalqaro kompaniyalar ekspertlarini jalb etgan holda, sohani jahon standartlari darajasida rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi.  
Bundan tashqari, Bank tomonidan qurilish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga zarur kredit resursini shakllantirish uchun 300 mln. dollarlik yevro obligatsiyalarni emissiya qilish ishlari tezlashtirilmoqda. 
    Loyihalarni kreditlashga Bank orqali Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan qoʻshimcha 200 mln. dollar miqdorida mablagʻlarni olish maqsadida shartnoma tuziladi. 
    Yetakchi xorijiy oliygohlarni jalb qilgan holda, qurilish materiallari sohasi uchun malakali va zarur koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilmoqda.  
    Hozirda bu borada Toshkent kimyo texnologiya institutida Germaniya va Rossiyaning nufuzli universitetlari bilan birga 5 ta yangi yoʻnalishda oʻqishni tashkil etish, Toshkent arxitektura va qurilish instituti bilan esa Turkiyaning ixtisoslashgan oliygohlarini jalb etgan holda muhandis va texnologlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli vazirliklar bilan ishlar amalga oshirilmoqda. 
Uchrashuvda joriy yilning 1-iyuliga qadar barcha investitsiya loyihalarini oʻrganish hamda qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilayotgan 4 ta yangi bank mahsulotini joriy qilish ishlarini toʻliq yakunlash belgilab olindi.  
    65 ta mahsulot turi boʻyicha xom ashyo bazasi va foydalaniladigan asbob-uskunalar, shuningdek ishlab chiqarishning atrof-muhitga taʼsiri kabi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan alohida amaliy-uslubiy qoʻllanmalarni yaratish lozimligi belgilab olindi. 
    Hududlardagi mavjud xom ashyo bazasini, tumanlarda qurilish materiallariga boʻlgan talab hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va qurilish kompaniyalarini oʻrganish yuzasidan vazifalar taqsimlandi. 
Hududlarda qurilishi boshlangan va qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularning ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish saʼy-harakatlarini jadallashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
    “Oʻzstandart” agentligi bilan qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tumanlarda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish hamda korxonalarning rahbar va xodimlarini xalqaro sifat talablari hamda standartlariga oʻrgatish tizimini yaratish maqsadida hamkorlikdagi ishlar qizgʻin borayotgani aytib oʻtildi. 
 Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi