JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Quyonchilikni qoʼllab-quvvatlashga yoʼnaltirilayotgan mablagʼlar qoʼshimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda

18.05.2021
18.05.2021 Tadbirkorlikning turi koʼp. Shuning barobarida, uning ish tutumi ham, koʼriladigan daromad ham turlicha. Lekin aksariyat odamlar biror ish qilishdan oldin koʼriladigan daromadni hisob-kitob qilishni xohlaydi. Yaʼni birdaniga yaxshi foyda olib boyib ketishni oʼylaydi. Bu inson tabiatiga xos xususiyat. Lekin tadbirkorlikning ham oʼziga xos talablari, qoidalari bor. Uni yaxshi oʼzlashtirgan, bozorni chuqur oʼrgangan ishbilarmon koʼzlagan maqsadiga erishadi, albatta. Qolaversa, uning tashabbus va gʼoya qoʼllab-quvvatlab turilsa, toʼgʼri yoʼl-yoʼriq koʼrsatilsa, muvaffaqiyatga yanada tezroq erishishi mumkin.   Taʼkidlash joizki, yurtimizda bu boradagi ishlar ancha yaxshi yoʼlga qoʼyilgan. Iqtsodiyot va jamiyatning tayanchi hisoblanmish tadbirkorlar faoliyati davlatimiz tomonidan doimiy eʼtiborda. Shaxsan Prezidentimiz tomonidan ularga alohida gʼamxoʼrlik koʼrsatilmoqda. Erkin ishlashlari uchun huquqiy asoslar yaratilyapti. Hatto alohida tarmoqlar uchun maʼlum moliya muassasalari biriktirib qoʼyilyaptiki, joylarda tadbirkorlikning yangi yoʼnalishlari rivojlanib, odamlarning tadbirkorlik qobiliyati yuzaga chiqmoqda. Minglab ish oʼrinlari yaratilib, hududlar obod boʼlib borayotir. Jumladan, “Mikrokreditbank” АTB respublikamizda quyonchilikni rivojlantirishga masʼul etib belgilanganiga ham bir necha yil boʼldi va aytish joiz boʼlsa, moliya muassasasi tomonidan oʼtgan vaqt mobaynida ushbu yoʼnalishda sezilarli ishalr amalga oshirildi.    Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 martdagi “Respublikada 2021 yilda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, nasilchilik ishlari hamda veterinariya xizmatlari koʼrsatishni yanada takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va chorvachilik mahsulotlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni koʼpaytirish toʼgʼrisida”gi yigʼilish bayoniga asosan joriy yilda quyonchilik yoʼnalishidagi 56 ta loyihaga umumiy qiymati 317,4 mlrd.soʼm miqdorida mablagʼ yoʼnaltiriladi. Shuning 200,9 mlrd. soʼmi bank kreditidir.   Bugungi kunda mazkur loyihalarningt 31 tasiga 89,2 mlrd.soʼm kredit shartnomalari imzolanib toʼlovlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida umumiy qiymati 19 mln. yevro qiymatdagi quyonchilik kompleksini ishga tushirish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilib, bugungi kunda 3,2 mln. yevro miqdorida kredit ajratilib, qolgan qismi mijozning talabi asosida bajarilgan ishga qarab bosqichma-bosqich toʼlov amalga oshiriladi.    Аgrokompleks ishga tushishi natijasida, dastlab 40 ta, toʼliq ishga tushganda 200 ga yaqin doimiy ishchi oʼrni yaratiladi, 50 ming bosh naslli ona quyon va 3 ming tonna quyon goʼshti yetishtirishga erishiladi. Quyon goʼngini qayta ishlash yoʼlga qoʼyilib, qishloq xoʼjaligi korxonalariga mahalliy oʼgʼit yetkazib beriladi.    Shu bilan birga, quyonlarni kooperatsiya asosida koʼpaytirish uchun aholi, oilaviy tadbirkorlarga quyon, quyon qafaslari, ozuqasi, vetirinariya dori vositalari yetkazib beriladi va boshqa turdagi xizmatlar koʼrsatiladi.    Umumiy qilib aytganda, bank tomonidan bugungi kunga qadar quyonchilik faoliyatini rivojlantirishga jami 4093 ta mijozga 414,5 mlrd.soʼm, shundan 405 ta yuridik shaxslarga 338,3 mlrd.soʼm, 3688 ta jismoniy shaxslarga 76,2 mlrd.soʼm kredit ajratilgan.   Mazkur mablagʼlar hisobidan 2021 yilda 1009 ta mijozga 176,5 mlrd.soʼm, shundan 41 ta yuridik shaxslarga 152,1 mlrd. soʼm, 968 ta jismoniy shaxslarga 24,4 mlrd.soʼm yoʼnaltirilgan.     Bank axborot xizmati.  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi