“Asaka” bank Surxondaryo viloyati filiali 2019 yil 24 avgustda “Diyor yangiliklari” dasturida efirga uzatilgan tanqidiy chiqish bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Dasturda “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida Jarqơrg’on tumanidagi ayrim oilalarga kredit mablag’lari ajratilishi paysalga solinayotgani, ta'minotchi va tijorat banklari ơrtasida mablag’larni ơtkazib berishda muammolar paydo bơlayotganligi tanqid ostiga olingan.
Bugungi kunda bankning Surxondaryo viloyati filiali uchun “Har bir oila - tadbirkor” Dasturi doirasida ajratilgan resurs mablag’lari, shu hududdagi aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga kredit shaklida tơliq joylashtirilgan, shu jumladan yuqorida qayd etilgan Nizomga asosan bank filiali tomonidan berilishi rejalashtirilgan kredit mablag’lari tơliq hajmda ajratilgan.
Ayni vaqtda, yuqoridagi dastur asosida kreditlar Surxondaryo viloyati filialining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, ya'ni boshqa mijozlarga avval berilgan kreditlar qaytarilishi hisobidan kalendar navbatida kơrib chiqilmoqda.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Rasmiy munosabat