“Asaka” bank Xorazm viloyat filiali ma'muriyati internetdagi facebook tizimida 2019 yil 27 avgust kuni bank filiallari nega yopilayotgani va mijozlar ikki kunlab ishlarini bitkaza olmayotgani haqida sơralgan savolga javoban quyidagilarni ma'lum qiladi. (www.facebook.com/groups/anticorrurtion/permalink/909473422764110)
Haqiqatdan ham 2019 yil iyun oyida “Asaka” bank boshqaruvining 2019 yil 1 iyundagi 98-sonli bayoni va 2019 yil 10 iyundagi 407 -p-sonli buyrug’iga asosan filialdagi 6 ta mini bank yopilgan va ulardagi shtat birliklari qisqartirilgan.
2019 yil avgust oyida imtiyozli avtokredit ochilganligi va shu munosabat bilan mijozlar sonining kơpayib ketishi hamda mini banklardagi mijozlar ham filialga kelganligi natijasida xodimlarning ish yuklamalari biroz kơpaydi.
Bu noqulayliklarni yơqotish maqsadida 2019 yil 18 sentyabrdan boshlab mijozlarga qulaylik yaratish, tushlik vaqtida ham ishni tashkil qilish uchun bevosita mijozlar bilan ishlovchi xodimlarning tushlik vaqtini 2 guruhga bơlib, ertalabki soat 9:00 dan kechqurungi 18:00 gacha ishlashi tashkil qilindi. Hozirgi kunda mijozlarga xizmat kơrsatishda navbat kutib qolish holatlariga barham berildi.
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
25.11.2025
3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi
24.11.2025
Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi
Rasmiy munosabat