Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (TDIU) talabalari ilk bor diplom loyihalarini auditoriyalarda emas, balki haqiqiy biznes muhiti — Paynet bosh ofisida himoya qilmoqdalar. Bu tashabbus TDIU va Paynet o‘rtasida amaliy ta’limni rivojlantirish hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik hamkorlik memorandumi imzolanganidan so‘ng amalga oshdi. Ushbu hujjatga Paynet bosh direktori Isamuxamedov Anvar Sadikovich hamda TDIU rektori Teshaboyev Tulkin Zokirovich tomonidan imzo chekildi. Himoya shakli oddiy rasmiyatchilik emas — bu butun mamlakat bo‘ylab millionlab foydalanuvchilar ishlatadigan raqamli mahsulotlar va xizmatlar ustida har kuni ishlaydigan mutaxassislar oldida to‘liq professional taqdimotdir.
Bu esa o‘z darajasida ilk bor amalga oshirilayotgan tajriba hisoblanadi.
Bo‘lajak iqtisodchilar, tahlilchilar va barqaror rivojlanish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydigan uchta asosiy kafedraning talabalari va professor-o‘qituvchilari diplom himoyasida ishtirok etdilar. Bu ishtirok tadbirning ilmiy darajasini oshirib, taqdim etilgan mavzularning kengligini ta’minladi. Yaqin kunlarda TDIUning boshqa kafedralari ham tashabbusga qo‘shilib, loyihalarni yangi yo‘nalish va g‘oyalar bilan kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Kafedralar bo'yicha taqdimotlar
“Yashil iqtisodiyot” kafedrasi Asosiy e’tibor barqaror rivojlanish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni tartibga solish va “yashil” tashabbuslarni baholashga qaratilgan bo'lib, talabalarning ishlari dolzarbligi bilan ajralib turdi. Ustozlar ekologik yechimlarni davlat va xususiy sektor uchun amaliy joriy etish mexanizmlariga e’tiborni qaratishda yordam berdilar
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi
Talabalar xalqaro savdo va davlatlar o'rtasidagi o'zaro aloqalar, shuningdek, tashqi iqtisodiy omillarning mamlakat rivojiga ta'siri kabi mavzularda ishlarini taqdim etdilar. O'qituvchilar loyihalarning diqqat bilan ishlab chiqilishi va yuqori darajadagi ilmiy-tadqiqot va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishini tamnilashdi.
“Makroiqtisodiy siyosat va prognozlash” kafedrasi Bitiruvchilar iqtisodiy tendensiyalar tahlili, o‘sish stsenariylarini modellashtirish hamda davlat iqtisodiy siyosati strategiyalarini ishlab chiqishga e’tibor qaratdilar. O'qituvchilarning qo'llab-quvvatlashi mavzularni chuqur ishlab chiqish va mantiqiy argumentatsiya tuzilishda muhim rol o'ynadi.
Baholash jarayoni
Himoya formati talabalar va mezbon tomon uchun yangilik bo‘ldi. An’anaviy imtihon komissiyasi o'rniga — mutaxassislar bilan muloqot. Hisobot o'rniga — o‘z fikrini bildirish, rivojlanish va amaliy tajriba olish imkoniyati yaratildi.Paynet jamoasi loyihalarni baholash bilan cheklanmay, ularni haqiqiy biznes nuqtai nazaridan ko'rishga yordam berishdi.
Maxsus bir lahza sifatida, Paynet tomonidan eng yaxshi talabaga, yuqori tayyorgarlik darajasi, yondashuvning originaligi va loyiha dolzarbligini e'tirofi sifatida esdalik sovg'alar topshirildi.
Bundan tashqari, bir necha talabalarga hamkorlik taklif etilib — kompaniyada bank ishi, moliya, marketing va IT yo‘nalishlarida faoliyat boshlash va, karyera qurishda ilk qadamlarni qoyish imkoniyati berildi.
Amaliyotga yaqin ta’lim.
Paynet uchun bu faqatgina ijtimoiy tashabbus emas. Bu — strategiya. Bo'lajak kadrlarni jalb qilish formati, iste’dodlarni namoyon etish imkoniyati va biznesga faqat tajribali mutaxassislar emas, balki yosh va ambitsiyali bitiruvchilar ham kerakligini ko‘rsatish usulidir.
Paynet shunchaki eshiklarni ochmaydi — u ta’limni hayotga, amaliyotga va kelajakdagi karyeraga yaqinlashtiradi.
Kompaniya ofisida diplom himoyasi formati — bu eksperiment emas, balki yangi standartdir. Ta'lim haqiqiy amaliyot bilan yuzma yuz kelganda, yangi imkoniyatlar yaratib, talabalar, o'qituvchilar va biznes uchun katta yutuqqa aylanadi.
O'xshash yangiliklar
24.06.2025
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda
16.06.2025
Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda
12.06.2025
Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida
Moliya va bank soxasida aktual yangiliklar
Telegram kanalimizga obuna bo'ling.
Moliya va bank soxasida aktual yangiliklar Telegram kanalimizga obuna bo'ling.
Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karyera sari qadamga aylantirmoqda