Ravnaq bank’ning Visa kartalari bilan qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling

07.05.2023
Ravnaq bank’ning Visa kartalari bilan qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling

2023-yilning 1-aprelidan 31-iyuniga qadar Ravnaq bankning istalgan Visa kartalari orqali xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiring hamda Samsung va Xiaomi’dan ajoyib sovg‘alarni yutib oling! 

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun Ravnaq bank’ning istalgan Visa kartasi bilan 30 AQSh dollari va undan ortiq miqdorda xaridni amalga oshiring. Sarflangan summa miqdorga qarab, aksiya ishtirokchisi quyidagilarni yutib olishi mumkin:

$30 - $49,99 — Galaxy Buds 2 simsiz quloqchinlari; 

$50 - $99,99 — Galaxy Watch 5 aqlli soati; 

$100 - $149,99 - MI Essential elektro skuteri;

$150 va undan yuqori — Samsung Galaxy S23;

Sovrinlar oʻyini 2023-yilning 3 oyi davomida - apreldan iyunga qadar 3 intervalda oʻtkaziladi. Gʻoliblar random.org tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlanadi. Boʻlajak sovrinli oʻyinlar haqidagi ma'lumotlar har bir intervaldan soʻng ijtimoiy tarmoqlarimizda ulashiladi.

1-interval — 2023-yilning 1-aprelidan (00:00) 30-apreligacha (23:59)
2-interval — 2023-yilning 1-mayidan (00:00) 31-mayigacha (23:59)
3-interval — 2023-yilning 1-iyunidan (00:00) 30-iyunigacha (23:59)

Hoziroq aksiya ishtirokchisiga aylanishni xohlaysizmi? Visa Classic kartasiga butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab yetkazib berish bilan buyurtma bering yoki kartomat orqali 24/7 rejimda 2 daqiqada rasmiylashtiring yoki RBK-Mobile ilovasida virtual Visa kartasini oching.

Aksiyada 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin, “Ravnaq-bank” AJ xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari bundan mustasno.

Batafsil ma'lumotni veb-saytda topishingiz mumkin

Barcha takliflar
Visa kartalari
Bank.uz da Visa kartalari

28ta bankdan 119ta noyob taklif.

Bo'limga o'tish
Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asositiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondashgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



Manba: Ravnaq-bank
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank “Ijobiy” prognozi bilan “UzA+” reytingini saqlab qoldi

16.02.2024

Kapitalbank “Ijobiy” prognozi bilan “UzA+” reytingini saqlab qoldi

Markaziy bankning ko'chmas mulk bozori tahlilida xatolik bo'lishi mumkinmi?
Markaziy bankning ko'chmas mulk bozori tahlilida xatolik bo'lishi mumkinmi?

Kapitalbank International Finance  ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi eng yaxshi chakana va innovatsion xususiy bank bo‘ldi
Kapitalbank International Finance ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi eng yaxshi chakana va innovatsion xususiy bank bo‘ldi



Bank mahsulotlari Kartalar15
Orphus tizimi