JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Real sektorga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 30,8 foiz oshdi

24.11.2014


Joriy yilning o'n oyi davomida banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun 31,8 trln so'm miqdorida kredit mablag'lari yo'naltirildi. Bu esa o'tgan yilning shu davriga nisbatan 30,8 foiz ko'pdir. Shuningdek, investitsion kreditlar hajmi o'tgan yilning shu davriga taqqoslanganda 24,1 foiz o'sishi ta'minlandi yoki 7,2 trln. so'mni tashkil etdi.

Ushbu raqamlar O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida bo'lib o'tgan “O'zbekiston iqtisodiyoti real sektori korxonalarini modernizatsiyalashda bank-moliya institutlari ishtirokining dolzarb masalalari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada keltirildi.

“Mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va erkinlashtirishning ustivor yo'nalishlari uning barqarorligi va ishonchligini ta'minlamoqda, - dedi Markaziy bank raisining o'rinbosari A.Haydarov. - Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash, banklar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirish, qo'shimcha investitsiyalar jalb qilish, aholining bank-moliya muassasalariga bo'lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda”. Uning ta'kidlashicha, “ayni paytda bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirishga, moliyaviy xizmatlarning to'laqonli bozorini shakllantirishga, shuningdek, bu borada aholi va mijozlarga zarur shart-sharoit va imtiyozlar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Pirovardida mamlakatimiz bank-moliya tizimi iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashning etakchi kuchi bo'lgan barqaror va ishonchli sohaga aylandi”.

Tijorat banklari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga, sohada qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilishiga faol hissa qo'shmoqda. Shu yilning 1 noyabrь holatiga kichik tadbirkorlik sub'ektlarining 8 trln so'mdan ziyod bo'lgan loyihalari moliyalashtirildi. Ushbu sarmoyalar asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hukumat tomonidan ishlab chiqilgan boshqa dasturlardagi loyihalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirildi.

A.Haydarovning qayd etishicha, “xalqaro andozalar asosida bank nazoratining samarali amalga oshirilishi, banklar likvidligi va aktivlari ustidan doimiy monitoring o'rnatilishi mamlakatimiz banklarining xalqaro darajada yuqori reyting ko'rsatkichlariga erishishining kafolati bo'lib qolmoqda. Hozirgi paytda jahonning uch etakchi reyting agentliklari – “Moody’s”, “Standard & Poor’s” va “Fitch” tomonidan barcha tijorat banklariga “barqaror” reyting baholari berilgan”.

Jahon banki guruhi tomonidan shu yil oktyabrь oyida tayyorlangan “Biznes yuritish – 2015: samaradorlik doirasidan chiqib” obzorida O'zbekiston o'tgan yilga nisbatan o'z pozitsiyasini 8 bandga yaxshilagani qayd etilgan. Anjuman davomida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini kreditlash, korxonalarni modernizatsiya qilishda fiskalь siyosat mexanizmlarini takomillashtirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni ta'minlashda banklar ishtirokini yanada kuchaytirish masalalariga ham e'tibor qaratildi. Shuningdek, moliya institutlarining buxgalterlik hisobi va audit tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, pensiya va sug'urta jamg'armalari mablag'laridan foydalanish mexanizmlari samaradorligini oshirish yo'llari bo'yicha ham fikr-mulohazalar almashildi.

Davlatimiz rahbarining “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustivor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarori doirasida o'tkazilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va tahlim sohasi vakillari, moliya-kredit tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etdi.

 

Manba: cbu.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi