JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 78 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

Octobank yilni ko‘rsatkichlarning o‘sishi va xalqaro e’tirof bilan boshladi

01.05.2025

Moody’s va S&P Global Ratings xalqaro agentliklarining reytinglari, ESG loyihalarining boshlanishi, maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik va Octobankning boshqa yutuqlari.

I-chorakni rekord darajadagi foyda bilan yakunladik
Sof foyda 108,5 mlrd so‘mni tashkil etdi — bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 397,5 foizga ko‘p. Taqqoslash uchun: butun 2024 yil davomida Octobank foydasi 150,7 mlrd so‘mni tashkil etgan — ya’ni, chorak yillik natija butun yil yakunlari bilan deyarli tenglashib qoldi.
Boshqa ko‘rsatkichlar:
• Aktivlar — 4,1 trln so‘m (+42,4% y/y);
• Kapital — 873,5 mlrd so‘m (+74,3% y/y);
• Foizsiz daromadlar 1,3 trln so‘mdan oshdi, ular bo‘yicha xarajatlar esa qariyb 1,1 trln so‘mni tashkil etdi.

Ikkita xalqaro reytingga ega bo‘ldik — Moody’s va S&P Global Ratingsdan
Bu ikkita eng yirik xalqaro reyting agentliklari. Moody’s reytingni B3 darajasida, S&P esa B- darajasida belgiladi; ikkala holatda ham prognoz «barqaror».
Moody’s bahosiga ko‘ra, 2024 yil yakuni bo‘yicha Octobank yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga va kapital darajasiga ega. Agentlik keyingi 12-18 oy davomida bankning moliyaviy ahvoli barqarorligicha qolishini kutmoqda. Yangi mahsulotlarni ishga tushirish, mijozlar bazasini kengaytirish va joriy ko‘rsatkichlarni saqlab qolish bilan Octobank reytingi oshishi mumkin, deya xabar beradi agentlik.

S&P’ning «B- » reytingi, bankning iqtisodiy tebranishlarga o‘rtacha ta’sirchanlik bilan majburiyatlarni bajarish qobiliyatini, «barqaror» prognozi esa kelgusi 12−18 oy davomida joriy bahoning saqlanib qolishini ko‘rsatadi.
Agentliklar biznesning barqarorligini, kuchli kapitallashtirish darajasini, ortib borayotgan foydalilikni va raqamli strategiyani ta’kidlab o‘tdilar.

«Bu Octobank uchun birinchi xalqaro reyting — va ko‘rib turibmizki, bankimizning rivojlanish yo‘nalishi to‘g‘ri tanlangan. Moody’s reytingi bizga xalqaro hamkorlar bilan yanada barqaror munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi va global bozordagi nufuzimizni oshiradi. Yangi mahsulot va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarimiz bor va bu kelgusi yillarda bankimiz ravnaqining asosiy omili bo‘ladi», — deb ta’kidladi Octobank Boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov.

«O‘zbekistondagi yetakchi bank-ekvayer» mukofotini qo‘lga kiritdik
Aprel oyida bo‘lib o‘tgan E-commerce Central Asia Expo forumida 2024 yilning O‘zbekistondagi yetakchi bank-ekvayer mukofotiga sazovor bo‘ldik.


«Qo‘lga kiritilgan mukofot — biz uchun shunchaki e’tirof belgisi emas, balki ekvayring sohasidagi tizimli ishlarimizning tasdig‘idir. Biz texnologik yechimlarni faol joriy etmoqdamiz, raqamli to‘lovlarni tezroq, xavfsizroq va hamma uchun qulayroq qilish orqali onlayn biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlamoqdamiz. Biz yuqori baho uchun minnatdormiz va O‘zbekistonda elektron tijoratni taraqqiy ettirishdagi rolimizni kuchaytirishda davom etamiz», — deb ta’kidladi Octobank Raisining birinchi o’rinbosari Dilshod Pulatov.

IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqishda yordam beramiz
Aprel oyida IT Park bilan kelishuv imzoladik: texnopark rezidentlariga transchegaraviy hisob-kitoblar uchun to‘lov infratuzilmasini — o‘yin xizmatlari va SaaS yechimlarini ishlab chiquvchi texnopark startaplarini taqdim etamiz. Hamkorlik rezidentlarga tez va xavfsiz xalqaro to‘lovlardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu esa ularning global bozorda ishlashini osonlashtiradi va raqobatbardoshligini oshiradi.

«Biz IT Parkning izchil faoliyatini va har bir rezidentni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini yuqori baholaymiz. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston IT-kompaniyalariga yangi bozorlarga chiqish vositalarini taqdim etish orqali mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytiradi», — dedi elektron tijorat departamenti direktori Pavel Limarenka.

O‘zbekistonda birinchi marta — brend qiymati hisoblab chiqildi
Octobank O‘zbekistonda bozor qiymati rasman hisoblab chiqilgan birinchi brend bo‘ldi. Baholash Brand Awards International mukofoti doirasida amalga oshirildi.
Ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, bank brendi qiymati 30 mln dollarni tashkil etadi (Markaziy bankning mart oyidagi kursi bo‘yicha 388 mlrd so‘m). Bu taniqlilik, xizmat ko‘rsatish sifati va marketingga sarmoya kiritish sodiqlik va kapitallashuvning o‘sishiga xizmat qilishini tasdiqlaydi. Bank uchun bunday baho — shunchaki e’tirof emas, balki investorlar bilan muloqot qilish va xalqaro darajaga chiqish uchun qo‘shimcha imtiyozdir.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p tilga olinadigan banklardan biriga aylandik
Index agentligi tadqiqotiga ko‘ra, onlayn ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p tilga olingan O‘zbekistonning beshta xususiy banki qatoriga kiritildik. 2025 yil 1-yanvardan 15-martgacha bank haqida 107 marta xabar berilgan — bu faqat professional va yangiliklar nashrlarida, Telegram va ijtimoiy tarmoqlarni hisobga olmaganda. Octobankda ta’kidlanishicha, media faollikning o‘sishi bank mahsulotlariga qanchalik talab yuqoriligi va uning moliya bozori hayotida qanchalik faol ishtirok etayotganini ko‘rsatadi.

«Biz uchun ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar soni — bu mahsulotlarimizning qanchalik talabgir va qiziqarli ekanligini ko‘rsatadi. Bu reyting boshqa kuchli o‘yinchilar orasida qanday qiyofada ekanimizni va yetakchilar orasida qanday o‘rin egallaganimizni tushunishga yordam beradi. Biz mijozlarning hayotini yanada qulaylashtiradigan bank yaratmoqdamiz — va biz haqimizda qancha ko‘p yozishsa, shuncha ko‘p odam biz va mahsulotlarimiz haqida bilib oladi», — deb izoh berdi Octobank Ijro apparati rahbari Komiljon Saidov.

Toshkent mahallalarida ESG loyihalarini boshladik
Poytaxt mahallalari — Nurliyo‘l va Eski Jarariqda ekologik va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishni boshladik. Bank xodimlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarning hovli va tomorqalariga 150 tupdan ortiq mevali daraxtlar ekildi. Maqsad — nafaqat ko‘kalamzorlashtirish, balki aholi uchun barqaror daromad manbai yaratishdir.

«Kambag‘allikdan farovonlikka» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar nafaqat bank masalalarida, balki jamiyat hayotida ham foydali bo‘lishga intilishimizni aks ettiradi.

Maktab o‘quvchilarini moliyaviy savodxonlikka o‘rgatmoqdamiz
Mart oyida «Global Money Week–2025» xalqaro tashabbusi doirasida O‘zbekiston Markaziy banki bilan hamkorlikda Octobank tomonidan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ma’ruzalar o‘quv dasturining ketma-ketligi boshlandi. Dastlabki darslar Toshkent shahridagi 110- va 345-sonli maktablarda bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzachilarimiz interaktiv shaklda byudjetni qanday rejalashtirish, jamg‘arma nima uchun kerakligi va bank tizimi qanday tuzilganligi haqida so‘zlab berdilar.


«Jamg‘armalar, kreditlar, xarajatlar va daromadlar kabi narsalarni tushunish — bu yoshlarga kelajakda moliyaviy xatolardan qochish va hozirdanoq o‘z resurslarini to‘g‘ri boshqarish imkonini beradigan poydevordir», — dedi Octobank Muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti direktori Navro‘z Musaev.

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

06.05.2025

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

Paynet Londondagi: Innovate Finance Global Summit 2025’da ishtirok etdi

02.05.2025

Paynet Londondagi: Innovate Finance Global Summit 2025’da ishtirok etdi



Orphus tizimi