RIA-Reyting agentligi MDH Top-200 banklar ro‘yxatini e’lon qildi

26.08.2014

RIA-Reyting agentligi tomonidan tayyorlangan MDH Top-200 banklari ro’yxatiga birdaniga 7 o’zbek banki kirdi, deya xabar qiladi O’zbek telegraf agentligi (O’zTAG).

Top-200 banklar ro’yxati RIA-Reyting saytida e'lon qilingan.

O’zbekistonning eng yirik banki - Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 7,3% o’sish namoyon qilib, aktivlari miqdorini $5,1 mlrd.ga yetkazgan holda reytingda 55 o’rinni oldi.

Yana bir o’zbek banki - "O’zsanoatqurilishbank" 2014 yil 1 yanvar holatiga kelib aktivlari hajmini dollar hisobida 22% o’stirdi va $3,1 mlrd.ga yetkazgan holda reytingning 89 o’rinda joylashdi.

Qolgan banklar quyidagi o’rinlarni egalladilar: "Asaka" banki - 118 o’rin, Ipoteka-bank (155), Xalq banki (166), Agrobank (172), "Qishloq qurilish bank" (177).

MDH Top-200 banklari reytingi RIA Reyting reyting agentligi tomonidan MDH bank tarmog’ining 2013 yil yakunlari bo’yicha tadqiqi asosida tuzilgan.

Reyting ma'lumotlari banklarning moliyaviy hisobotlari, MDH mamlakatlari Markaziy banklari statistik byulletenlari va boshqa ochiq manbalardan olingan. Ushbu reyting agentlik ekspertlari tomonidan tuzilgan MDH banklarining aktivlar miqdori bo’yicha to’rtinchi reytingdir.

(O’zTAG).

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi